Darsning turi: Mustaxkamlash
Darsning jihozi: Darslik, sinf doskasi.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Pascal dasturida miqdorlar qanday turdagi qiymatlarni qabul qiladi?
2. Belgili o`zgarmaslar deganda nimani tushunasiz? Ularga misollar keltiring.
3. Satrli o`zgarmaslarning belgili o`zgarmaslardan farqi nimada?
4. Mantiqiy o`zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qiladi?
5. Sonli o`zgarmaslar necha turli bo`ladi? Ularga misollar keltiring.
6. O`zgaruvchilar deganda nimani tushunasiz?
7. O`zgaruvchilarning necha turini bilasiz? Ular qanday xizmatchi so`zlar bilan tavsiflanadi?
8. Pascalda o`zgaruvchilarni tavsiflash uchun qanday xizmatchi so`zdan foydalaniladi?
III.Yangi mavzu bayoni :
Avvalo o`quvchilarga 5- bobning boshidan buyon o`tilgan mavzularning nomi eslatiladi. So`ngra ularning har biriga tegishli savollar bilan murojaat qilinadi. O`quvchilarning beradigan javoblari tahlil qilinadi, tegishli tuzatmalar, to`ldirishlar, aniqliklar kiritiladi.
O`quvchilarga 40- betdagi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Bunda biror o`quvchidan mashqlarning javobi (yechimi) so`raladi. Haq bir mashqqa navbati bilan o`quvchilar taklif etiladi. O`quvchilar kompyuetrda TEST savollarga javob berishadi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Ushbu mavzuning o`zi o`tilganlarni mustahkamlashdir.
V.Darsning yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
VI.Uyga vazifa: Uyga vazifa 16- darsni konspekt qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |