Mening web-sahifam


Download 1.45 Mb.
bet36/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

Darsning turi: Aralash
Darsning jihozi: Darslik, sinf doskasi.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Pascalda miqdorlar necha turli bo`ladi?
3. Satrli o`zgarmaslarning belgili o`zgarmaslardan farqi nimada?
4. Mantiqiy o`zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qiladi?
5. Sonli o`zgarmaslar necha turli bo`ladi? Ularga misollar keltiring.
6. O`zgaruvchilar deganda nimani tushunasiz?
7. O`zgaruvchilarning necha turini bilasiz? Ular qanday xizmatchi so`zlar bilan tavsiflanadi?
III.Yangi mavzu bayoni :
Avvalo o`quvchilarga jadval ko`rinishidagi miqdorlardan foydalaniladigan sohalar haqida gapiriladi. So`ngra jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyilishi aytiladi.
Jadval miqdorlar bir o`lchovli (chiziqli), ikki o`lchovli, uch o`lchovli va hokazo bo`ladi. Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. M: sinf o`quvchilarining sinf jurnalidagi ro`yxati. Bunda ustun shakli qo`llanilgan. Har bir o`quvchiga bitta tartib raqami to`g`ri keladi. Ikki o`lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topgan bo`ladi. Ularda har bir jadval elementiga ikkita tartib raqami (ustun va satr bo`yicha) mos keladi. Massiv – jadval ko`rinishidagi miqdor bo`lib, u ma’lum (fiksirlangan) sondagi bir turli va tartiblangan elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi. Massivlarni tavsiflovchi xizmatchi so`z – Array. Bu so`zdan keyin kvadrat qavs ichida massivning birinchi va oxirgi elementlarining tartib raqamlari o`zaro ikkita nuqta (..) bilan ajratib yoziladi. So`ngra Of xizmatchi so`zi, undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling