Mening web-sahifam


Darsda qo`llaniladigan metodlar


Download 1.45 Mb.
bet59/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Chiziqli dasturga ta’rif bering.
2. Qnday operatorlar muloqot dasturini tuzish imkonini beradi?
3. Natijani ko`rish uchun qanday tugmachalar bosiladi?
4. Kvadrat tenglamaning diskriminantini topish dasturini tuzing.
III.Yangi mavzu bayoni :
Ushbu mavzuni “tarmoqlanuvchi algoritm” nima ekanligini o`quvchilardan so`rashdan boshlanadi. Keyin algoritm bilan dasturning ayni bir narsa ekanligi yodga olinadi (28- mavzu).
Ko`pgina masalalarni hal etishda biror shartning bajarilishiga qarab u yoki bu amallar ketma-ketligini bajarish talab etiladi. Bunda Paskalning tarmoqlanish operatorlari qo`llaniladi. Tarmoqlanish operatorining umumiy korinishi quyidagicha:
If Then Else . Bunda If – “agar”, Then “u holda”, Else “aks holda”. - rost yoki yolg`on qiymatlardan birini qabul qiluvchi mantiqiy ifoda. - bitta yoki bir nechta operatorlar ketma-ketligi. Tarmoqlanish operatorida avval shart tekshiriladi, agar uning qiymati rost bo`lsa, then dan keyingi operatorlar, aks holda Else dan keyingi operatorlar ketma-ketligi bajariladi.
Yuqoridagilar tushuntirilib bo`lngach, doskada aniq bir misol, masalan:
Parol to`g`ri kiritilganligini tekshiruvchi dastur tuzib ko`rsatiladi. Parol “informatika” bo`lsin.
1. Var parol: string; begin write(‘parolni kiriting:’); readln(parol); if parol= ‘informatika’ then writeln(parol to`g`ri’) else writeln(‘parol noto`g`ri’); end.
Sonning ishorasini aniqlovchi dastur tuzing.
2. Var a: integer; b: string; begin write(‘a=’); readln(a); if a<0 then b:=’manfiy’ else then a>0 then b:=‘musbat’ else b:=’nol’; writeln(a,’ ‘,b); end.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling