FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi,elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi;Web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi;Kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga oid sodda amaliy masalalarni hal eta oladi; turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi.
Darsning turi : Aralash dars. (Ma’ruza va amaliyot uyg`unligidagi dars)
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Tarmoqlanish operatorining qisqa ko`rinihsi qanday yoziladi?
2. Tarmoqlanish operatorining to`liq ko`rinihsi qanday yoziladi?
3. Qaysi operatordan keyin nuqtali vertgul (;) belgisi qo`yilmaydi?
4. Dasturda nishonlar nima uchun qo`llaniladi?
III. Yangi mavzu bayoni :
Mavzuni yoritish.
Dars ma'raza va amaliyotning uyg'unligi tarzida olib boriladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar (32-dars) esga olinadi.
Takrorlanuvchi dasturlar tuzish uchun takrorlash operatorlaridan foydalaniladi. Paskalda ular uchta bo`lib, bu darsda ulardan bittasi – parametrli takrorlash operatori bilan tanishamiz. Mazkur operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |