Mening web-sahifam


FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


Download 1.45 Mb.
bet77/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:Axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzatadi va qabul qila oladi; axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, mediasavodxonlik talablariga rioya qiladi.
Dars turi: Ma’ruza va amaliyot uyg`unligidagi dars.
Darsning jihozi: Sinf doskasi, darslik, bo`r, kompyuter.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Asosiy tushunchalar: Satrli miqdor uzunligi (belgilar soni), satrli miqdorlarni qo`shish (ulash0, belgini izlash, satr bo`lagidan nusxa olish va o`chirish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. While va Repeat operatorlari qanday sharoit bo`lganda qo`llaniladi?
2.While operatorida shart takrorlanishning qayerida tekshiriladi?
3.Repeat operatorida shart takrorlanish qayerida tekshiriladi?
4.While operatorida takrorlanish tanasi biror marta ham bajarilmasligi mumkinmi?
5.Repeat operatorida takrorlanish tanasi hech bo'lmaganda necha marta bajariladi?
III.Yangi mavzu bayoni :
Paskalda belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash uchun maxsus funksiya va protseduralar kiritilgan:
Concat funksiyasi satrlar ketma-ketligining konkatenatsiyasini amalga oshiradi, ya’ni ularni bir-biriga ulaydi. Concat (S1,S2, … , Sn); bunda S1,S2,…,Sn lar satrli yoki belgili o`zgaruvchilar yoki o`zgarmaslar bo`lib, ushbu funksiya ularni bir-biriga ulaydi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling