FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi: kompyuterni to‘g‘ri ishga tushiradi va o‘chira oladi; operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi; axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi; matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi; matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi va amalda qo‘llay oladi;axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi; axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari haqida biladi,multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega;elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi; taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi; kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi.
Darsning turi : Aralash dars. (Ma’ruza va amaliyot uyg`unligidagi dars)
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
III.Yangi mavzu bayoni :
1. Web-sahifada shrift o’lchami haqida tushuncha berishni takrorlash;
2. HTML tilidagi shrift o’lchami haqida tushuncha berishni takrorlash;
3. Shrift rangini o’zgartirish haqida tushuncha berishni takrorlash;
4. Web-sahifa foni haqida o`quvchilarga ma’lumot berishni takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |