FK-fanga oid kompetensiyalar
| |
FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi: kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiena talablariga rioya etadi; informatika fani va uning rivojlanish tarixini biladi;kompyuterni to‘g‘ri ishga tushiradi va o‘chira oladi; operatsion tizimning elementlaridan foydalana oladi; axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi;sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi; matn muharriri va protsessori farqini, ularning imkoniyatlarini biladi;izlab topilgan matnli axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi; matn protsessorining belgi, so‘z, satr, xatboshi, matn, blok, sahifa tartib raqami kabi tushunchalarini biladi va amalda qo‘llay oladi;axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi; axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari haqida biladi,multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega;elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi; taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi; kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi.
|
|
FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi:matn protsessorida shrift, xatboshi va sahifa formatlaridan foydalana oladi;matn ko‘rinishidagi axborotlarni matn muharriri va protsessoriga kiritishni, tahrir qilishni va saqlashni bajara oladi; matn protsessorida hujjatga rasmlar, chizmalar, jadvallar, formulalar joylashtira oladi va formatlay oladi;matn protsessori yordamida ijodiy ishlar va sodda hujjatlarni tayyorlay oladi;operatsion sistema yoki maxsus dasturlar yordamida fayllarni arxivlay oladi; taqdimot slaydlarini hosil qiladi, ularga multimedia elementlarini tatbiq eta oladi; axborot hajmi, uzatish tezligi bilan bog‘liq masalalarni, axborotlarni qayta ishlashni mustaqil bajara oladi,elektron pochta, Internet va boshqa resurslardan olingan axborotlarni tahrir qila oladi;Web-sahifa ko‘rinishida sodda axborot resurslarini tayyorlay oladi;Kompyuterda masalalar yechish bosqichlariga oid sodda amaliy masalalarni hal eta oladi; turli masalalarni yechishga oid algoritmlar tuza oladi.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |