Darsning turi : Aralash dars.
Darsning jihozi: Kompyuter xotirasida bor bo`lgan “Algoritm turlari” nomli slaydlar to`plami, darslik, sinf doskasi, bo`r.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Bundan avvalgi dars amaliy mashg`ulot bo`lganligi uchun so`rab baholash qismini tashlab o`tsa bo`ladi. (Vaqtdan yutish maqsadida)
III.Yangi mavzu bayoni :
Yangi mavzuni tushuntirish kompyuter xotirasida bor bo`lgan “Algoritm turlari” nomli Power Point dasturida avvaldan tayyorlab qo`yilgan slaydlar to`plamini ishga tushirish bilan boshlanadi.
1. O`quvchilar slaydlar orqali yangi mavzu bilan tnishadilar.
2. 3- slayddan boshlab har bir turga ta’rif berilgan.
3. Ushbu slaydlar orqali o`quvchilar algoritmning 3 turi haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega
bo`ladilar.
4. 6- slaydda berilgan ikki sondan kattasini topish algoritmining so`zlar bilan va blok-sxema ko`rinishi
berilgan. Undan foydalanib, o`quvchilar 7- slaydda berilgan masalani yechib ko`radilar (daftarga).
10- slaydda esa shu topshiriqning javobi keltirilgan.
5. 12- slaydda 1 dan 1000 gacha bo`lgan barcha natural sonla yig`indisini topish blok-sxemasi
keltirilgan. Undan foydalanib, 13- slayddagi topshiriqni o`quvchilar mustaqil ravishda daftarga
bajaradilar. 16- slaydda esa shu topshiriqning javobi berilgan va o`quvchilar uni o`zlari
bajarganlari bilan solishtirib ko`radilar.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Mustahkamlash uchun savol-javob o`tkaziladi.
VI.Darsning yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |