Mening web-sahifam


TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 1.45 Mb.
bet26/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisani tushunish va jarayonlarga daxldorlikni his etish;ularda faol ishtirok etish; o‘zining burch va huquqlarini bilish.
Darsning turi : Aralash dars. (Ma’ruza va amaliyot uyg`unligidagi dars)
Darsning jihozi: Darslik, kompyuter.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Qanday algoritmlar chiziqli algoritmlar deb ataladi?
2. Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi?
3. Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritmlar deb ataladi?
4. Uchta sondan kattasini topish algoritmi qanday turdagi algoritm?
5. Robot uchun tuzilgan avtomobillar kuzovini bo`yash algoritmi qanday turdagi algoritm?
III.Yangi mavzu bayoni :
Eng avvalo algoritm tushunchasi yodga olinadi. Dastur – algoritmning kompyuter tushunadigan tildagi ifodasi ekani ta’kidlanadi. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan inson dasturchi deb atalishi aytiladi. Dasturlash tillarini quyidagi 3 guruhga ajratish mumkinligi aytiladi va doskaga yozib qo`yiladi.

Yuqori darajadagi dasturlash tillari



O`rta darajadagi dasturlash tillari



Quyi darajadagi dasturlash tillari

DASTURLASH TILLARI


1. Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog`liq bo`lib, buyruqlar maxsus raqam (kod)lar bilan yoziladi.
2. O`rta darajadagi dasturlash tillarida inson tiliga yaqin bo`lgan buyruqlar tizimidan foydalaniladi. Ularga misollar: AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ushbu til ba’zan assembler deb ham yuritiladi.
3. Yuqori darajadagi dasturlash tillaridagi ko`rsatmalar inson tiliga juda yaqin bo`lgan so`zlar majmuidan iborat bo`ladi. Ba’zi so`zlar esa inson so`zlarining xuddi o`zi.Bu tilda tuzilgan dasturlarni translyatorlar deb ataluvchi maxsus dasturlar kompyuterlar bajara olishi uchun raqamli ko`rinishga o`tkazib beradi.
Turli yillardsa yaratilgan dastrulash tillariga misollar keltiriladi:
Planalkyul 1946, Qisqa kod 1949, Assembler “Edsak” 1950, Avtokod “Madlen” 1953, BASIC 1964, Paskal 1970, Smoltok 1980.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling