Mening web-sahifam


Download 1.45 Mb.
bet32/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

Darsning turi: Aralash
Darsning jihozi: Darslik, sinf doskasi.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish.
b)Davomatni aniqlash.
c)O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish
II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Paskal dasturlash tilining xalqaro standarti qachon taklif etilgan?
2. Paskal tilining alifbosi haqida gapirib bering.
3. Operator nima?
4. Dasturga sarlavha qo`yilishi shartmi?
5. Paskalda dastur qanday qismlardan atshkil topgan?
III.Yangi mavzu bayoni :
Eng avvalo Paskalning uch xil miqdorlari sanab beriladi:
1. O`zgarmas miqdorlar.
2. O`zgaruvchi miqdorlar.
3. Massiv (jadval) ko`rinishidagi miqdorlar.
Ushbu miqdorlar belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Belgili o`zgarmaslar: apostrof ichiga olingan bitta belgi – harf, raqam yoki, maxsus belgidan iborat. M: ‘a’, ‘23’, ‘-‘
Satrli o`zgarmaslar: uzunligi 255 ta belgidan oshmagan va apostrof ichiga olingan harf, raqam yoki, maxsus belgidan iborat. M: ‘Toshkent’, ‘D 567’, ‘///’ va haokazo.
Mantiqiy o`zgarmaslar faqat True (rost) yoki False (yolg`on) qiymatlardan birini qabul qila oladi.
Sonli o`zgarmaslar ikki turda – butun yoki haqiqiy bo`lishi mumkin. Haqiqiy sonlar o`z navbatida qo`zg`almas nuqtali va qo`zg`aluvchi nuqtali sonlarga bo`linadi. O`nli kasrlarning butun qismini ajratish uchun vergul emas nuqta qo`yiladi. M: 4,5 ko`rinishida emas, balki, 4.5 ko`rinishida.
O`zgaruvchilar ham 3 turli bo`ladi:
1) butun sonli o`zgaruvchilar. Ular Integer xizmatchi so`zi orqali ifodalanadi.
2) haqiqiy sonli o`zgaruvchilar. Ular Real xizmatchi so`zi orqali ifodalanadi.
3) belgili o`zgaruvchilar. Ular Char xizmatchi so`zi orqali ifodalanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling