Mercedes-Benz bha 94-2 guruh talabasi Hamroyev Zuxriddin


Download 5.7 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi5.7 Kb.
#1789233
Bog'liq
Mercedes-Benz BHA 94-2 Hamroyev Zuxriddin


Mercedes-Benz
BHA 94-2 guruh talabasi Hamroyev Zuxriddin
Nemischa sifat timsoli – Mercedes-Benz'ning muvaffaqiyat tarixi
Uni hamma sevadi. 100 yildan oshsa hamki, bu muhabbat hech so‘nmaydi. Barcha avtosevarlarni o‘ziga rom etgan, afsonaviy Mercedes-Benz tashkil topganiga 135 yil to‘ldi.
XIX asrning oxirlarida germaniyalik ikki ixtirochi Karl Bens va Gotlib Daymler o‘z mashinalarini yaratishdi. Ular dastlab o‘zaro raqobatchi edi, chunki har ikkala ixtirochi o‘zining avtobiznesiga asos solgandi. 1926 yildagi hamkorlik yirik tarixiy kelishuv bo‘ldi va Mercedes-Benz kompaniyasi faoliyat boshladi.
Mercedes brendining nomi undan avvalroq kelib chiqqan. 1901 yilda biznesmen Emil Yellinek qizi Mersedesning tug‘ilgan kuniga sport avtomobili sovg‘a qilishni niyat qilib, Daymlerdan shu nom bilan mashina yaratishni so‘raydi. 35 ot kuchiga ega avtomobil muvaffaqiyatli chiqadi va uni seriyali ishlab chiqarishga qaror qilishadi, Mercedes nomi esa shundan beri tillardan tushmaydi.
Daymler va Bens hamkorligi avtomobil sanoatida eng uzoq davom etgan sheriklik hisoblanadi.
Ayni paytda Mercedes-Benz – Daimler AG konserni tarkibidagi kompaniyadir. Konsern kapitali 74 mlrd yevroni tashkil qiladi va umumiy aylanmaning 50 foizi aynan Mercedes'ga tegishli.
Logotip
Uch qirrali yulduzni ko‘rganingizda xayolingizga nima keladi? Bu savolga avtomobildan xabari yo‘q odam ham javob bera oladi. Bu – Mercedes.
Kompaniya avtotransport vositalaridan tashqari, samolyotlar va kemalar uchun motorlar, ehtiyot qismlar ham ishlab chiqargani sababli logotipdagi uch qirrali yulduz samoda, suvda va yerda insonlarga xizmat qiluvchi brend ramzi hisoblanadi. Belgining sodda va esda qolarli dizayni uni butun dunyoda unutilmas va taniqli qilib qo‘ydi.
Urush davridagi inqiroz
1941 yilda 2-jahon urushi boshlandi. Butun dunyo inqirozni boshdan kechirdi. Kompaniya faoliyatiga ham bu qattiq ta'sir qildi, hatto yopilish arafasiga kelib qoldi.
1945 yilda Mercedes zavodlari bombalar ostida butunlay vayron bo‘ldi. Ammo kompaniya izlanishdan to‘xtamadi. 1947 yilda Germaniya kansleri Konrad Adenauer uchun yaratilgan Mercedes 300 modeldagi Limuzin avvalgi modellardan tubdan farq qildi va nemis mashinalarining shuhratini yana qaytara boshladi.
“Mers” – hozirgi kunda
O‘tgan 135 yil davomida kompaniya yuqori sifatli avtotransport vositalari, avtobuslar, samolyotlar va kemalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayniqsa, avtomobillar borasida o‘zining omadli loyihalarini amalga oshira oldi.
2016 yilda Mercedes-Benz 43,5 mlrd dollarga baholanib, Toyota'dan keyingi 2-o‘rinda edi. Ammo kompaniya 2019 yilga kelib, 60,4 mlrd dollarga baholandi va 1-o‘ringa chiqib oldi.
Dunyoning eng qimmat brendiga aylangan Mercedes modellari hashamat, ishonch, kuch va hurmat ramzi hisoblanadi. Mercedes'ning omad kalitlaridan biri – u har doim klassik dizayn va eng zamonaviy intererni birlashtira olardi.
Mercedes'ning ommalashuviga yana bir asosiy sabab – uning narxi oddiy iste'molchi uchun ham qulay bo‘lib, elita uchun ham tinimsiz yangi eksklyuziv modellar taqdim etib boriladi.
SWOT TAHLILI

Quvvat

Kamchiligi

Premium vositalar bo'yicha dunyoda etakchi;Kerakli moliyaviy resurslarning mavjudligi;Innovatsiyalar sohasida etakchi (birinchi kiritilgan dizel dvigatellari va boshqalar);Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun 12 milliard dollardan ortiq mablag ';Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida ishlab chiqarish va yig'ish;Mercedes xavfsizlik xususiyatlarining aksariyati uchun patentlarga ega.

Mercedes-Benz avtoulovlariga xizmat ko'rsatishning yuqori narxi.

Imkoniyatlar:

Tahdidlar

Gibrid transport vositalarini va kelajak uchun tejamkor vositalarni rivojlantirish;Dunyo bo'ylab rivojlanayotgan bozorlarga erishish va global brendni yaratish;Tez sur'atlarda o'sib borayotgan hashamatli avtomobillar bozori va daromadlarni oshirish.

Dunyo bo'ylab avtomobilsozlik sohasidagi davlat siyosati;Yoqilg'i narxlarining o'sishi;BMW, Porsche, Audi va boshqalar kabi jahon avtomobil markalarining kuchli raqobati.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAt
Download 5.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling