Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Richard Kantillon (1680-1734) iqtisodiy g’oyalar tarixidagi noodatiy iqtisodchilardan edi


Download 46.06 Kb.
bet18/18
Sana06.11.2021
Hajmi46.06 Kb.
#171259
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Albina iqtisodiyot

Richard Kantillon (1680-1734) iqtisodiy g’oyalar tarixidagi noodatiy iqtisodchilardan edi.

Kantillon haqidagi bir ajoyib haqiqat shuki, uning kitobi noodatiy murakkab bo’lib,iqtisodiy masalalarni tushunishda ancha rivojlangan edi, lekin unga 1766-yilda angliyada chop etilgan Adam Smitning “Xalqlar boyligi…” nashridan so’ng katta e’tibor berilmagan. 1881-yilda Villiam Stanley Jevons Kantillonning kitobini qayta kashf etdi va uni “siyosiy iqtisodiyotdagi birinchi tizimli o’rganilish” va “ siyosiy iqtisodiyotning beshigi” sifatida maqtadi.

Kantillonning asosiy g’oyasi ba’zi fiziokrat va liberal merkantilistlarda ham mavjud bo’lgan, hamdaindividual manfaatlarni me’zoni orqali ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi bozor tizimi bo’lgan. Bu o’zi-o’zini boshqarish tizimida eng asosiy faoliyat ko’rsatadigan shaxslar tadbirkorlar bo’lgan, ular foyda ketidan quvib, davlat aralashuvidan ko’rako’proq ijtimoiy natijalar keltira olgan. Kantillon raqobatli bozorning tayyor mahsulotlar bozorida tadbirkorlar mijozlar uchun ishlagan holda, resurslar bozorida esa bir biri bilan raqobat qilgan holda, talab, harajatlar, texnologiya va boshqa omillarni o’zgartiradilar va natijada bozor muvofiqlashib boradi deb ko’rsatgan. U Smit kabi laissez faire kuchiga murojaat qilmadi, biroq bu uning e’tiborsizligi deb sanalishi mumkin.

U doim iqtisodning biror bir elementini umumiy tizimga intergratsiyalashgan tarkibiy bo’lak sifatida qaragan; masalan, aholi sonining o’zgarishi uning tizimiga nisbatan tashqi omil emas balki ichki omildir. Uning narxlarni aniqlashdagi omillarni tushuntirishi hayratlanarli darajadi zamonaviy edi, u qisqa muddatli omillar orqali aniqlanadigan bozor narxlarini va tabiiy qiymat deb atalgan uzoq muddatli muvozanat narxlari o’rtasidagi farqni ajrata olgan. U o’zining narx va bozorlar tahlilini xalqaro savdoga ham qo’llay olgan va undagi muvofiqlashish jarayonlarini kuzata olgan.

Uning ba’zi eng tajribali texnik tahlillari mikroiqtisodiyotda emas, balki makroiqtisodiyotdagi pul massasi o’zgarishining narxlar va ishlab chiqarishga ta’siriga bag’ishlangan edi. U iqtisodiyotni sektorlarga ajratib, ular o’rtasida daromadning aylanishini tahlil qilgan. U bu oqimlarni ko’rsatib beradigan iqtisodiy jadvalni tuzishga muvaffaq bo’lmasa ham, bu ishni bajargan Kenega ta’sir eta olgan. Kantillon miqdoriy pul nazariyasini ishlab chiqgan Djon Lokka o’z minnatdorchiligini bildirgan, lekin Kantillon Lokk tahlilining, Smit va uning zamondoshlari e’tiboridan chetta qolgan, nozik tomonlarini ko’ra olgan. Pul miqdorining oshishi faqatgina narxlar va ishlab chiqarishga makroiqtisodiy ta’siri bilan belgilanmaydi. Dastlab, makroiqtisodiyotning mikroiqtisodiy asoslarni o’rganishda Kantillon iqtisodiyotga kiritilgan yangi mablag’lar qaysi nuqtalarga ta’sir ko’rsatishini ko’ra oldi. Shunga asosan, narxlarning umumiy darajasi o’zgarishi mumkin, lekin shu bilan birga nisbiy narxlar ham o’zgarishi mumkin, bu esa keyinchalik iqtisodiyotning turli tarmoqlariga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko'rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma'lum.Bu ta'limot yangi tug'ilayotgan jamiyat - kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo'ldi.Kapitalning dastlabki jamg'arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo'llab-quvvatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi.Merkantilizm ta'limotida davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. Merkantilizm tarixan cheklangan bo'lsa ham (u XVIII asrda to'g'ri va qattiq tanqidga uchradi), ta'limotlar tarixidan munosib o'rinni egallaydi. Lekin bu ta'limot va unga asoslangan siyosatni to'la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan ma'lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo'shdi.


1



Download 46.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling