Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining iqtisodiy ahamiyati Reja


Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar


Download 46.06 Kb.
bet7/18
Sana06.11.2021
Hajmi46.06 Kb.
#171259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Albina iqtisodiyot

Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:

tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;

mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);

qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish.



Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynanular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi. Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.

Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa Ispaniyaga yangi Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatiga e’tibor qaratgan.Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‘rni haqida tahliliy g‘oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy bosqichi o‘rtasidagi aloqa 1569 - yilda fransuz olimi Jiyn Bodin tomonidan taqdim etilgan. U 16 – asr davomida G’arbiy yevropada narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‘lgan kumush va oltin miqdorining o‘sishi deb hisoblangan. 1660-1776 yillar davomida bozor iqtisodi boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‘paydi. Merkantilistlar adabiyotining (markaziy) asosiy hususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekaniga ishonishdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, mablag‘ adekvatligi tashqi va ichki svdoning o‘sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‘zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarni boshqaradi, Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‘rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga ko‘ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‘sish sur’ati real faktorlar: mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan chambarchas bog‘liq.

Download 46.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling