Merkantilizmning zamonaviy tahlillari


Download 22.38 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi22.38 Kb.
#1015880
  1   2   3
Bog'liq
Merkantilizmning zamonaviy tahlillari Shohrukhmirzo Tuychibaev

Merkantilizmning zamonaviy tahlillari


J.M Keyns o’zining ―…umumiy nazariyasi‖ning merkantilistlarga bag’ishlangan ―Merkantilistlar haqida‖ deb atalgan qismida ularni iqtisodiy rivojlanishga olib keladigan chora-tadbirlar haqida tushunchaga ega bo’lgan iqtisodchilar sifatida ta‘rifladi. Lekin klassik iqtisodchilar 1776-yildan Keyns davrigacha merkantilistik adabiyotlarni ahamiyatsiz, deb hisobladilar. Klassik va Keyns nazariyasining xususiyatlarini solishtirish orqali bunday farqlar mavjudligini tushunish mumkin bo’ladi, albatta. Smit va boshqa klassik iqtisodchilar ishlab chiqarishning real hajmini belgilab beruvchi omillarga asosiy e‘tiborni qaratganliklari sababli ularning nazariyalari faqat taklif tarafiga urg’u beradi. Keyns yalpi talabning ahamiyatiga e‘tibor qaratgan bo’lsa ham u o’zining nazariyasi va merkantilist g’oyalari o’rtasida ma‘lum darajada bog’liqliklar mavjudligini bildi. U ularning yetarlicha iste‘mol qilmaslik g’oyasini ma‘qulladi va merkantilistlarning pul miqdorining oshishi ishlab chiqarishni ko’paytiradi, degan fikrlarini to’g’ri, deb baholadi. Keyns fikricha, merkantilistlar ijobiy savdo balansi ichki sarflarni oshiradi va shu orqali daromadlar va bandlik darajasini ham oshiradi, deb hisoblaganlar.


Avvalgi yozuvchilar tadqiqotlarini baholashning yana bir muammoli tarafi ularning intellektual muvaffaqiyatlarini baholashning zarurligidadir. Bu baholash to’liq zamonaviy mezonlar asosida amalga oshirilishi kerakmi, yoki bo’lmasa, o’sha davr tahliliy rivojlanish darajasiga mos ravishda amalga oshirilishi kerakmi? Ta‘limot tarixchilarining asosiy qismi bu ikki qarash o’rtasidagi pozitsiyada bo’lsalar ham, avvalgi iqtisodchilarning nisbiy ahamiyati haqida har xil fikrga keladilar.

Merkantilizmga nisbatan bildirilgan yana bir munosabatni qayd etib o’tishimiz lozim. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning namoyondalari ilgari surgan g’oyalari asosida emas, balki ularning manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy tilda ―manfaat qidiruvchilar‖ deb atalgan. Ular foyda ko’rish maqsadida davlatni ishga solib o’zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman olganda ular davlatning monopollik imtiyoziga sazovor bo’lgan
savdogarlar bo’lib, bu monopol-savdogarlik ularga balandroq narx o’rnatish imkoniyatini bergan.



Download 22.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling