Meshpolvonning o'yinlari


Download 13.04 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi13.04 Kb.
#1046600
  1   2   3   4
Bog'liq
Dars ishlanma




1-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligidagi “Meshpolvonning o'yinlari” (She'r) mavzusida
1 soatlik dars ishlanma


2021-2022 o’quv yili
Sinf : 1
Mavzu: “Meshpolvonning o'yinlari” (She'r).


Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:
o‘quvchilarning nazm janri haqidagi bilimlarini boyitish. She'rni ifodali, bo’lib ravon o’qish, savollar tuzish ko’nikmalarini takomillashtirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O'quvchilarda xalq milliy o'yinlari va ularni o'ynash qoidalarini o'rgatish.Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, lug'at ustida ishlash, ongli va ifodali o’qish sifatlarini takomillashtirish.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarini shakllantirish.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, interfaol ta’limiy o’yinlar, “Binafsha” “Yapaloqtoshlar” metodi.
Dars jihozi: darslik, videolavhalar, ko’rgazma va tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar tasvirlangan taqdimotlar.
Darsda shakllantiriladigan kompetensiyalar:
Tayanch kompetensiyalar:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: o’z yoshiga mos kitoblarni, gazeta va jurnallarni tanlay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: badiiy asarda aks etgan qahramonlarga qarab holis va jiddiy mulohaza yuruta olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: asarda aks etgan g’oyalarni anglay olish.
Shaxs sifatida o’z-ozini shakllantirish kompetensiyasi: turli yo’nalishdagi (ertak sarguzasht, hikoya, masal) kitoblarni muntazam o’qib o’rganib borishga o’rgatish; yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarni o’zida aks ettirish.
Fanga oid kompetensiya :
1. Adabiy-nutqiy kompetensiyasi:
- ixcham matn asosida yaratilgan audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna oladi;
- ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyat, masal, xalq qo‘shiqlari, hikoya, she’rlarni o‘qib tushunadi va mazmunini qayta so‘zlab bera oladi.
2. Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
- xalq og‘zaki ijodi namunalarini (ertak, topishmoq, maqol, masal, tez aytishni) farqlay oladi;
- o‘rganilgan asarlarning nomi, muallifi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi;
- asar qahramonlariga munosabat bildira oladi;



Download 13.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling