Mesopotamiyaning shim da, Dajla daryosi yuqori oqimi boʻylarida qadimda mavjud


Download 33.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.11.2021
Hajmi33.68 Kb.
#171272
Bog'liq
Ossuriya - Vikipediya



Ossuriya

Ossuriya — Mesopotamiyaning shim.da, Dajla daryosi yuqori oqimi boʻylarida qadimda mavjud

boʻlgan davlat (miloddan avvalgi 20—7-asrlar). Ashshur (Assur) shahardavlati nomidan olingan. O.

aholisi, asosan, somiy-akkad xalqlariga mansub boʻlgan. Miloddan avvalgi 18-asr boshida Ashshur

yirik davlatning markazi edi. Keyinchalik Bobil, 16—15-asrlarda Mitanni davlatlari qoʻl ostiga oʻtgan.

Ashshur hukmdori Ashshuruballit I (miloddan avvalgi 15-asr oxiri — 14-asrboshi) Mitan-nining

zaiflashganidan foydalanib, mustaqil boʻlib olgan va kuchli davlat tuzgan. U Bobilni ham oʻziga

buysun-dirgan. Uning nabirasi Arikdenilu birinchi boʻlib "O. podshohi" unvonini olgan. O. Shim.

Mesopotamiyaning bu-tun hududini hamda Bobilga Furot va Dajla orqali boradigan daryo yoʻlini

egallab olishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, Arrapxa (hozirgi Kirkuk) davlati ham bosib olingan.

Miloddan avvalgi 16— 13-asrlar oraligʻida bizning davrimiz-gacha yetib kelgan O. sud qarorlari

(oilaviy, yer, qarzdorlik huquqiga doir va boshqalar) tuzilgan. 13-asrdan podsho hokimiyati bilan

zodagonlar oʻrtasida ziddiyat kuchaya boshlagan. 12-asrda O. vaq-tinchalik zaiflashgan boʻlsada,

ammo Tiglatpalasar I davrida (12-asr oxiri — 11-asr boshi) yangidan qudratli davlatga aylangan. U

Bobil, Shim. Suriya va Fi-nikiyada zafarli urushlar olib borgan. Armanistonga tez-tez yurishlar qilib

turgan. Biroq Tiglatpalasar 1 hukmronligining 2-yarmida oromiy kabilalarining Suriya dashtidan Shim.

Suriya va Shim. Mesopotamiyaga silji-shi bilan O. davlati zaiflashib, parchalanib keta boshlagan.

Zodagonlar bilan kurash nati-jasida O. podsholarining qarorgohi imtiyozli Ashshur shahridan boshqa

shaharlarga — dastlab, Kalxuga (hozirgi Nimrud shahri haroba-si), 8 — 7-asrlarda boʻlsa Dur-

Sharrukin (Xorso-bod) va Nineviya (Kuyunjik) ga koʻchirilgan. 10-asr oxiri — 9-asrlarda O. podsholari

Shim. Mesopotamiya va O.ning sharqidagi togʻli oʻlkalarda oʻz hokimiyatlarini tiklashga erishganlar.

O. qoʻshinlari bir necha bor Jan.ga — Bobilga, Shim.ga — Urar-tuga, Sharqqa — Midiyaga, Gʻarbga —

Suriyaga bostirib kirganlar. 9-asr oxiridan O.da ijtimoiy-siyosiy tanazzul boshlangan, u urushlar

natijasida xo-navayron boʻlgan qishloq xoʻjaligi rayonlari bilan bogʻliq edi. Yirik davlatlar va ittifoqlar,

ayniqsa, Urartu bilan boʻlgan kurashda O. bosib olgan bir qancha vi-loyatlardan ajralgan. Mamlakat

ichkarisida sodir boʻlgan fuqarolar urushi natijasida taxtga Tiglatpalasar 111 (745—727) oʻtirgan.

Uning davrida O. yana bosqinchilik siyosati yurgizgan. 100 yil mobaynida Gʻarbiy Osiyoning bu-tun

hududi (Urartu va baʼzi chekka vi-loyatlardan tashkari) bosib olingan. Bu hududlardagi xalqlar qirib

tashlanmasdan, balki bir r-ndan ikkinchi r-nga koʻchirilgan; noyibliklar kichik qismlarga boʻlib

tashlangan va noyiblar huquqi cheklangan; davlat tomonidan taʼminlanadigan doimiy armiya tuzilgan.

Tiglatpalasar III, oʻgʻli Salmanasar V (727—722), keyinchalik Sinaxerib (705—680) harbiylarga

koʻproq yon bosib, oqsuyaklar, kohinlar huquqini cheklagan. 679—672 yillarda O. Shim.da va Sharkda

kimmeriylar, skiflar va midiyaliklar bilan ogʻir urushlar olib borgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxiridan

boshlab O.ga qarshi boʻlgan davlatlar (Bobil, Elam, baʼzan Misr, Suriya, Finikiya, Falastin) va kabilalar

(xaldey, arab va boshqalar) ittifoqi tuzilgandi. Ashshurbanipal davrida (669—633) bu ittifoqqa qarshi

olib borilgan urushlar natijasida O.da ozod dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan, qoʻshinning maʼnaviy-ruhiy

ahvoli yomonlashgan. O.ning harbiytexnika-viy yutuklarini 7-asrga kelib boshqa davlatlar ham

oʻzlashtirganlar. Uzoq muddatli urushdan soʻng Bobil va Midiya ittifoqi O.ni tor-mor keltirgan, uning



asosiy shaharlarini vayron qilib, O. davlatini tugatgan (605). Urush davrida O. zodagonlari yoppasiga

qirib tashlangan, qolgan aholi Mesopotamiya oromiylari bilan aralashib ketgan. Ad.: Vsemirnaya

istoriya, t. 1, M., 1955.

Soyfullo Tursunov.

[1]

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib,

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.



Manbalar

Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling