Mesopotamiyaning shim da, Dajla daryosi yuqori oqimi boʻylarida qadimda mavjud
Download 33.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Ossuriya - Vikipediya
Ossuriya Ossuriya — Mesopotamiyaning shim.da, Dajla daryosi yuqori oqimi boʻylarida qadimda mavjud boʻlgan davlat (miloddan avvalgi 20—7-asrlar). Ashshur (Assur) shahardavlati nomidan olingan. O. aholisi, asosan, somiy-akkad xalqlariga mansub boʻlgan. Miloddan avvalgi 18-asr boshida Ashshur yirik davlatning markazi edi. Keyinchalik Bobil, 16—15-asrlarda Mitanni davlatlari qoʻl ostiga oʻtgan. Ashshur hukmdori Ashshuruballit I (miloddan avvalgi 15-asr oxiri — 14-asrboshi) Mitan-nining zaiflashganidan foydalanib, mustaqil boʻlib olgan va kuchli davlat tuzgan. U Bobilni ham oʻziga buysun-dirgan. Uning nabirasi Arikdenilu birinchi boʻlib "O. podshohi" unvonini olgan. O. Shim. Mesopotamiyaning bu-tun hududini hamda Bobilga Furot va Dajla orqali boradigan daryo yoʻlini egallab olishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, Arrapxa (hozirgi Kirkuk) davlati ham bosib olingan. Miloddan avvalgi 16— 13-asrlar oraligʻida bizning davrimiz-gacha yetib kelgan O. sud qarorlari (oilaviy, yer, qarzdorlik huquqiga doir va boshqalar) tuzilgan. 13-asrdan podsho hokimiyati bilan zodagonlar oʻrtasida ziddiyat kuchaya boshlagan. 12-asrda O. vaq-tinchalik zaiflashgan boʻlsada, ammo Tiglatpalasar I davrida (12-asr oxiri — 11-asr boshi) yangidan qudratli davlatga aylangan. U Bobil, Shim. Suriya va Fi-nikiyada zafarli urushlar olib borgan. Armanistonga tez-tez yurishlar qilib turgan. Biroq Tiglatpalasar 1 hukmronligining 2-yarmida oromiy kabilalarining Suriya dashtidan Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyaga silji-shi bilan O. davlati zaiflashib, parchalanib keta boshlagan. Zodagonlar bilan kurash nati-jasida O. podsholarining qarorgohi imtiyozli Ashshur shahridan boshqa shaharlarga — dastlab, Kalxuga (hozirgi Nimrud shahri haroba-si), 8 — 7-asrlarda boʻlsa Dur- Sharrukin (Xorso-bod) va Nineviya (Kuyunjik) ga koʻchirilgan. 10-asr oxiri — 9-asrlarda O. podsholari Shim. Mesopotamiya va O.ning sharqidagi togʻli oʻlkalarda oʻz hokimiyatlarini tiklashga erishganlar. O. qoʻshinlari bir necha bor Jan.ga — Bobilga, Shim.ga — Urar-tuga, Sharqqa — Midiyaga, Gʻarbga — Suriyaga bostirib kirganlar. 9-asr oxiridan O.da ijtimoiy-siyosiy tanazzul boshlangan, u urushlar natijasida xo-navayron boʻlgan qishloq xoʻjaligi rayonlari bilan bogʻliq edi. Yirik davlatlar va ittifoqlar, ayniqsa, Urartu bilan boʻlgan kurashda O. bosib olgan bir qancha vi-loyatlardan ajralgan. Mamlakat ichkarisida sodir boʻlgan fuqarolar urushi natijasida taxtga Tiglatpalasar 111 (745—727) oʻtirgan. Uning davrida O. yana bosqinchilik siyosati yurgizgan. 100 yil mobaynida Gʻarbiy Osiyoning bu-tun hududi (Urartu va baʼzi chekka vi-loyatlardan tashkari) bosib olingan. Bu hududlardagi xalqlar qirib tashlanmasdan, balki bir r-ndan ikkinchi r-nga koʻchirilgan; noyibliklar kichik qismlarga boʻlib tashlangan va noyiblar huquqi cheklangan; davlat tomonidan taʼminlanadigan doimiy armiya tuzilgan. Tiglatpalasar III, oʻgʻli Salmanasar V (727—722), keyinchalik Sinaxerib (705—680) harbiylarga koʻproq yon bosib, oqsuyaklar, kohinlar huquqini cheklagan. 679—672 yillarda O. Shim.da va Sharkda kimmeriylar, skiflar va midiyaliklar bilan ogʻir urushlar olib borgan. Miloddan avvalgi 8-asr oxiridan boshlab O.ga qarshi boʻlgan davlatlar (Bobil, Elam, baʼzan Misr, Suriya, Finikiya, Falastin) va kabilalar (xaldey, arab va boshqalar) ittifoqi tuzilgandi. Ashshurbanipal davrida (669—633) bu ittifoqqa qarshi olib borilgan urushlar natijasida O.da ozod dehqonlar ahvoli ogʻirlashgan, qoʻshinning maʼnaviy-ruhiy ahvoli yomonlashgan. O.ning harbiytexnika-viy yutuklarini 7-asrga kelib boshqa davlatlar ham oʻzlashtirganlar. Uzoq muddatli urushdan soʻng Bobil va Midiya ittifoqi O.ni tor-mor keltirgan, uning
asosiy shaharlarini vayron qilib, O. davlatini tugatgan (605). Urush davrida O. zodagonlari yoppasiga qirib tashlangan, qolgan aholi Mesopotamiya oromiylari bilan aralashib ketgan. Ad.: Vsemirnaya istoriya, t. 1, M., 1955. Soyfullo Tursunov. [1] 1.
OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. Manbalar Download 33.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling