Metaforalar


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE


Download 87.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.06.2024
Hajmi87.59 Kb.
#1836875
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ARIMS1036

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
201 
Qora zulmat. Bu so‘z birikmasining yasalishi ham ajoyib. Chunki zulmat so‘zi 
“zim-ziyo, tim qorong‘ulik” degan ma’noni anglatishiga qaramay, yozuvchi uni 
qora so‘zi bilan qo‘llab ma’noni yanayam kuchaytirilishini vujudga keltirgan: … 
shu zumdayoq kuchli zarbdan ko‘z oldi tinib ketdi, vujudi bo‘shashdi, borliqni 
qora zulmat yutib yubordi… (26-b) 
Qutqu va qo‘rquvlarni tiz cho‘ktirmoq. Tiz cho‘kmoq so‘zi inson harakatlariga 
oid, lekin uning qo‘rquv mavhum tushunchasi bilan yonma-yon qo‘llanishi 
ko‘chimning go‘zal ko‘rinishini yuzaga chiqargan. Tilimizda qo‘rquvni yengmoq 
iborasi mavjud. Adib ma’noni yanada kuchaytirish maqsadida yangi bog‘lanishga 
qo‘l uradi: Men o‘zimni to‘laligicha bosib olib, barcha qutqu va qo‘rquvlarni tiz 
cho‘ktirib olganimdan keyin erkin fikrlayotganim o‘zimga ham na’sha qilayotgan 
edi. (36-b) 
Chehrasida hayronlik qalqimoq. Ushbu birikmadagi qalqimoq so‘zi o‘zgacha 
ta’rifga loyiq. Chunki qalqimoq so‘zi “suyuqlikning betida chayqalmoq
tebranmoq” degan ma’nolarni berib ko‘chma ma’noda inson chehrasida hayron 
bo‘lish holati yuzaga kelishi ta’kidlangan: Chehrasida hayronlik qalqidi. (39-b) 
Zada qalb. Bunda zada – “[urilgan, zararlangan; ezilgan] ezilgan, abgor bo‘lgan; 
biror narsadan bezillagan, yuragini oldirib qo‘ygan” ma’nosi bilan ko‘p 
qiyinchiliklardan ezilgan va ulardan bezib qolgan ko‘ngil haqida gap ketyapti: … 
to‘rtinchi farzandning ham dunyo yuzini ko‘rmasligi ayolning hadiklariga 
qurshalgan zada qalbini chilparchin qildi… (40-b) 
Qarashlardagi sovuqlik uchqunlari. Bir qarashida mehrning iliq tafti mavjud 
bo‘lmagan insonning holati: …qarashlarida sovuqlik uchqunlari va o‘lim isi iz 
solib turgan o‘sha baxtiqaro xoh ishoning, xoh ishonmang o‘zimning o‘g‘lim edi. 
(42-b) 
Tilidan zaqqum sochilmoq. Ya’ni “zaqqum” so‘zi zahar ma’nosini anglatadi, 
ushbu birikmada ham aynan o‘sha zahar ma’nosida kelmoqda. Zaqqum so‘zi 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da aynan o‘ziga alohida ta’rif berilmagan, ammo 
“zahar-zaqqum” birikmasi holatida keltirilgan hamda quyidagich “ 1.zahar. 
2.juda ham achchiq; iste’mol qilib bo‘lmaydigan. 3.ko‘chma. kishiga qattiq 
botadigan achchiq kinoya, piching, kesatiq” ma’nolari aytib o‘tilgan. Ushbu 
asarda ham aynan tildan chiqadigan inson ko‘nglini xira qiluvchi so‘zlardan 
foydalanish holati tasvirlangan: … xotinim meni yerga urgan o‘g‘limizning 
mutlaqo haq ekanligini aytib tilidan zaqqum sochgandi. (44-b) 
Fikratidan quvmoq. Bundagi fikrat so‘zi “fikr, g‘oya, o‘y-hayol, tasavvur; fikr 
qilish, fikr yuritish, o‘ylash” ma’nolarini anglatib, ushbu birikmadagi hayoliga 
ham keltirmaslikka harakat qilmoq ma’nosining bunday chiroyli birikma bilan 



Download 87.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling