Metallar korroziyasi to`g`risida umumiy tushunchalar


Download 46.59 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi46.59 Kb.
#1520199
  1   2
Bog'liq
Metall korroziyasi, uning turlari. Metall konstruksiyalarda korroziyani aniqlash va tekshirish usullari. Metall konstruksiyalarini korroziyadan saqlash. Ularning afzalligi va kamchiligi


Metall korroziyasi, uning turlari. Metall konstruksiyalarda korroziyani aniqlash va tekshirish usullari. Metall konstruksiyalarini korroziyadan saqlash. Ularning afzalligi va kamchiligi
Reja :

  1. Metallar korroziyasi to`g`risida umumiy tushunchalar.



  1. 2. Korroziyaning asosiy turlari.



  1. 3. Metallar korroziyasini oldini olish turlari.

Korroziya (lot. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Temir va temir qotishmalari K.si zanglash deb ham ataladi (yana qarang Metallar korroziyasi).


Korroziya nafaqat suv, balki tuproq, sanoat moyining ta'siri ostida ham sodir bo'ladi. Ko'rib turganimizdek, korroziya turlari keng namoyish etilgan, ammo himoya qilish usullari unchalik ko'p emas.
Hozirgi kunda metallar eng muhim konstruktsion material bo`lib, turli sharoitda (havoda, suvda, yer ostida) ishlaydi. Metallarning ishlash sharoitida ularni yemiruvchi ko`pgina moddalar bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar qisman yoki butunlay yemirilishi, ya'ni korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning korroziya tufayli bo`ladigan isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi. Binobarin, metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning uchun, ularni korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir. Metallar korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining mohiyatini, uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur.
Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. Metallurgiya jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va bunda metallarning barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda barqaror holatini tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi. Korroziyaning sodir bo`lish jarayoni ana shundan iborat.
Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri oqibatida yemirilishi metallar korroziyasi deb ataladi.
Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari pasaayib ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini pasaytiradi.
Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki ularning sirtida korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya tekis korroziya deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim joylarigina korroziyalansa, bunday korroziya mahalliy korroziya deyiladi. Korroziya qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar chuchuk va sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy korroziyalanadi. Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday korroziya kristallitlararo korroziya deb ataladi. Korroziyaning bu turi nihoyatda xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli darajada pasaygan bo`lishiga qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli o`zgarmaydi. Metallga agressiv muhit va mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy) kuchlanishlar bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu metallda korrozion darzlar hosil bo`ladi.
Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).

Metalldagi korroziya uni butunlay yo'q qilishi mumkin. Shuning uchun paydo bo'lgan zang bilan kurashish kerak.


Va nafaqat uning paydo bo'lishi paytida. Metalllarda korroziyani oldini olish uchun profilaktika ishlari ham muhimdir.
Metalllarni korroziyadan himoya qilish vositalaridan foydalanish ko'pchilik uchun dolzarb masala.
Korroziya, aslida, o'z-o'zidan paydo bo'ladigan metallarni yo'q qilish jarayoni bo'lib, uning sababi atrof-muhitning zararli ta'siri bo'lib, buning natijasida kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo'lib, ayanchli oqibatlarga olib keladi.
Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin:
1. Kimyoviy korroziya
2. Elektrokimyoviy korroziya.

Download 46.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling