“metallar retsiklingi” fanidan


IV. Mustaqil ishni nazorat qilish tartibi


Download 63.62 Kb.
bet4/6
Sana08.11.2023
Hajmi63.62 Kb.
#1755249
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Retsikling mustaqil ish metodichka

IV. Mustaqil ishni nazorat qilish tartibi


Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish kafedrada tuzilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan maslahatlar jadvali asosida amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishi bo‘yicha maslahat soatlari mustaqil ta’lim uchun yo‘lga qo‘yilgan jurnallarda qayd etib boriladi. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish bevosita fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabalarning mustaqil ishi reyting bahoari bilan (fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatiga nisbatan) baholanadi va natijasi fan bo‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.

V. Talaba mustaqil ishini baholash tartibi


Talabalar mustaqil ishini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet Ilmiy Kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o‘quv yili semestri boshlanishidan oldin professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarga o‘quv-uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
Talabalarning mustaqil ishi kafedraning reyting oynasida yoritib boriladi. Talabalarning mustaqil ishi kafedrada fan o‘qituvchisi tomonidan ro‘yxatga olinadi va o‘quv yili mobaynida saqlanadi.
Fan bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlarini baholash mezonlari quyidagicha:
Mustaqil ish mashg‘ulotlarini bajarganligi uchun maksimal 5 baldan baholanadi.
- mavzu bo'yicha referat tayyorlash, uni yuqori saviyada himoya qila olish, keltirilgan ma'lumotlarni mushohada qilish va tushuntirib berish, berilgan savollarga to'liq javob bera olish, mustaqil fikrlay olish – 5 baho;
- mavzu bo'yicha referat tayyorlash, uni himoya qila olish, keltirilgan ma'lumotlarni tushuntirib berish, savollarga javob bera olish - 4 baho;
- mavzu bo'yicha referat tayyorlash, uni himoya qilishga harakat qilish, keltirilgan ma'lumoatni tushuntirib va savollarga javob berishda kamchiliklarga yo'l qo'yish- 3 baho;
- mavzu bo'yicha referat tayyorlash, uni himoya qilishga harakat qilish, keltirilgan ma'lumoatni tushuntirib berishga xatolarga yo'l qo'yish - 2 baho;
- Mustaqil ishni chala tayyorlash - 1 baho;
- Mustaqil ishni umuman tayyorlamaslik - 0 baho;

Download 63.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling