3.4 To’yinmagan uglevodorodlar. Alkadienlar mavzulari bo’yicha kimyoviy eksperementlar o’tkazish.
3.5 Kompleks birikmalar va ularning turlariga ularning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari mavzulari bo’yicha kimyoviy eksperementlar o’tkazish tuzish, bajarish.
Kompleks birikmalar. Ba’zi murakkab moddalar boshqa murakkab moddalar bilan reaktsiyaga kirishib yanada murakkabroq moddalar hosil qiladi. Hosil bo’lgan moddalar XIX asrning oxirlarida kompleks birikmalar deb ataladigan bo’ldi.
Komplekslarni nomlash. 1963 yildan boshlab taklif qilingan nomenklatura xarqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi termin komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qarorlarga asoslanadi.2
1. Ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan keyin anion ataladi. [Ag(NH3)2] Br - diaminargento (I) bromid K2[CuCl3] - kaliytrixlorkuprat (I).
2. Ligandlarni nomlashda avval «anion», so’ngra «neytral ionlar» va undan keyin «kation» nomi ataladi. Anionlarni atashda dastlab «oddiy anion», undan keyin «ko’p atomli anionlar» nomi aytiladi. Ularning nomiga «at» qo’shib o’qiladi. K2[Pt(NO2)2Cl2] - kaliy dixlorodinitritoplatinat.
3.Ligandlar sonini ifodalovchi qo’shimchalar. Oddiy ligandlar sonini ifodalashda di, tri, tetra, penta,geksa va xokazo qo’shimchalar ishlatiladi: K4[Fe(CN)6]- kaliy geksatsian ferrat (II) K4[Fe(CN)6]- kaliy geksatsian ferrat (III) [Al(H2O)6]Cl3- geksaakvoalyuminiy xlorid.
4.Markaziy ionning oksidlanish darajasini nomlashda markaziy ionning oksidlanish darajasi qavs ichida lotincha raqamlar bilan ifodalanadi: [Cu(NH3)2]OH-diamin mis (I) gidroksid.
1.Ionlarni aniqlash uchun analitik kimyoda ishlatiladi. Masalan, Fe2+, Fe3+ , Ni2+ va Co3+ ionlarni bor-yo’qligini quyidagi reaktsiyalar yordamida aniqlanadi:
3FeCl2+2K3[Fe(CN)6]→Fe3[Fe(CN)6]↓+6KCl
4FeCl3+3K4[Fe(CN)6]→ Fe4[Fe(CN)6]↓+12KCl
Kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan nikel (II)- sulfat eritmasiga 3-4 tomchi dimetilglioksim qo’shilganda ko’k, qizil kristall hosil bo’ladi.
2. Ba’zi metallarni (lantanoidlarni) bir-biridan ajratish va yuqori darajada toza metallar (oltin, kumush va xokazolar) olish uchun kompleks birikmalardan foydalaniladi. Masalan, kvarts va qumdan oltin ajratib olishda ko’pincha oltinning natriy tsianid bilan kompleks tuz hosil qilishidan foydalaniladi. Chunki oltin kislorod ishtirokida NaCN bilan suvda yaxshi eriydigan kompleks hosil qiladi:
4Au+8NaCN+O2+2H2O → 4Na[Au(CN)2] + 4NaOH
Eritmaga o’tgan kompleks tarkibidagi oltinni rux yordamida erkin holda ajratib olish mumkin:
2Na[Au(CN)2] + Zn → Na2[Zn(CN)4] + Au
3. Kompleks birikmalardan bo’yoq moddalar sifatida foydalaniladi. Tarkibida temir tuzlari bo’lgan zaangori bo’yoq 1704 yilda Disbax tomonidan qoramol qonini potash (K2CO3) bilan qizdirish natijasida hosil qilingan:
K4[Fe(CN)6] + Fe3+ → KFe[Fe(CN)6] + 3K+
zangori bo’yoq
Bu modda lak bilan aralashtirib ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |