Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari. Reja
Markaziy atomga xos bo’lgan koordinatsion sonlar
Download 73 Kb.
|
Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari.
Markaziy atomga xos bo’lgan koordinatsion sonlar
Jadvaldan ko’ramizki, bir davrdan ikkinchi davrga o’tilganda elementlarning koordinatsion soni ortib boradi. Birinchi davr elementlarining koordinatsion soni 2 ga teng. Ikkinchi davr elementlari o’zining bitta s-va uchta p-orbitallar hisobiga qatnasha oladi. Ularning koordinatsion soni 4 ga teng. Uchinchi davr elementlarining atomlariga o’tilganda d-orbitallar ham ishtirok eta olishi sababli ularning koordinatsion soni 6 ga teng bo’lishi mumkin (s, p va d-orbitallar hisobiga), oltinchi va yettinchi davr elementlarining atomlari uchun yuqoriroq qiymatga ega bo’lgan koordinatsion sonlar uchraydi. Ligandlar sifatida anionlar (F-, OH-, CN-, SCN-, NO2-, CO32-, CrO42- va hokazalar) neytral molekulalar (H2O, NH3, CO, N2, NO, N2H4, NH2-(CH2)2-NH2 va boshqalar) ishtirok etadi. Har bir ligandda bitta yohud bir nechta taqsimlanmagan (erkin) elektron juft bo’ladi.ba’zan tarkibida taqsimlanmagan elektron juftlar bo’lmagan, lekin p-bog’lanishda ishtiroki eta oladigan elektronlari bor molekulalar ham ligandlik rolini bajaradi. Ligandning s- va p-orbitallari bilan markaziy atomdagi bo’sh orbitallar o’zaro ta’sirlanishi natijasida δ-bog’lanish, ligandning p- va d-orbitallari bilan markaziy atomning bo’sh orbitallari orasida π-bog’lanishlar yuzaga chiqadi, (lekin s-va px-orbitallari o’zaro qoplanilaganda har doim δ-bog`lanish hosil bo`ladi). Ligandlarning donorlik xossalari ulardagi s va p-orbitallardagi elektron juftlar hisobiga; akseptorlik xossalari esa, bo’sh p-va d-orbitallar hisobiga amalga oshadi. Quyidagi jadvalda ligandlarning elektron donorlik vazifasini bajaruvchi atomlar ko’rsatilgan. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling