Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari. Reja


Download 73 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi73 Kb.
#1061438
1   2   3   4
Bog'liq
Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari.

3-Jadval
Ligandalr va ularning elektron donor atomlari

Liganddagi
elektron donor
atomlar

Molekulyar turdagi ligandlar

Ion turdagi ligandlar

monodentat

polidentat

monodentat

polidentat

H, F, Cl, Br, I

-

-

H-, F-, Cl-,
Br-, I-

-

C

CO, C2H4

C6H6

CN-

-

N

NH3, C5H5N,
RCN, RNH2

NH2(CH2)2-NH2

NO2-, N3-,
SCN-

-

O

H2O

R-CO-CH2-CO-R

O-2, OH-

CO3-2, SO42-,
RCOO-, C2O4-2

S

R2S

R-CHSH-CH2-CHSH-R

SCN, S-2

-

O yoki N

-



ONO-



H2NCH3COO-



O va N

-

EDTA

-

-

S va N




-





-

-


Molekulyar orbitallar usuli metal ioni bilan ligandlar orasida kovalent, ionli va boshqa tur bog’lanishlar hosil bo’lishini mantiqiy ravishda ko’rsatib beradi. Molekulyar orbitallar nazariyasida har qanday zarracha to’liq kvant- mexanik sistema deb qaraladi.
Molekulyar orbitallar nazariyasining bir necha variantlari mavjud. Bular ichida AOCHK (atom orbitallarning chiziqli kombinasiyasi) nomli varianti ko’p tarqalgan hisoblanadi. Bu variantga muvofiq hosil bo’layotgan birikmaning molekulyar orbitallari dactlabki moddalardagi atom orbitallarning bir-biri bilan ma’lum tartibda o’zaro qo’shilish va ayrilish natijasida hosil bo’ladi. Molekulyar orbitallar usuli biror moddaning molekulyar tuzilishi sxemasini yaratishdan avval uning kristall tuzilishini roentgen nurlar yordamida aniqlab olish zarurligini taqoza qiladi va nazariyani yaratishda bu ma’lumotlardan foydalanishni ko’zda tutadi.
Agar sistemada bog’lovchi molekulyar orbitallar (BMO) hosil bo’lsa, dastlabki moddalarning electron buluti bir-birini maksimal (musbat) qoplaydi va ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bo’shashtiruvchi molekulyar orbitallar (BO’MO) hosil bo;lganda dastlabki moddalarning electron bulutlari bir-birini nafaqat qoplamaydi, aksincha, bir-biridan itariladi va bunday orbitallar energiyasi qisman ortib ketadi. Uchunchi holda dastlabki atomlardagu electron bulut energiyasida o’zgarish bo’lmaydi, ular bog’lanmaydigan MO hisoblanadi.
Bu holatlarni matematik usulda qarab chiqib koordinasion birikmalarda uchraydigan BMO va BO”MO uchun quyidagi tenglamalar olingan:

Ψ = aΨk + √1-a2φ /1+2a√1-a2s Ψ* = √1-a2φ – aφ / 1-2a√1-a2s


Bu yerda; Ψk – koordinasion birikma hosil qiluvchi (ya’ni markaziy) ionning to’lqin funksiyasi; φ – ligandlarning yig’indi to’lqin funksiyasi; s – elektronbulutlarning qoplashish integrali; a – qiymati 0 bilan 1 chegarasida bo’lgan koeffisient.


Agar a=0 bo’lsa, u holda Ψ = φ bo’ladi; binobarin, barcha bog’lovchi elektronlar ligandlarda, BO”MO lar esa, metall ionida joylashadi. Bunday sharoitda metall ioni bilan ligandlar orasida to’liq ion bog’lanish namoyon bo’ladi; agar a2 = 0,5 bo’lsa, BMO ning yarmi metallioniga va yarmi ligandlarda joylashadi. Natijada metall ioni bilan ligandlar orasida kovalent bog’lanish hosil bo’ladi. Agar a = 1 bo’lsa, barcha bog’lovchi elektronlar metall ioniga joylashadi. Binobarin, yana ion bog’lanish ro’y beradi.
Agar a2 ning qiymati 0 dan katta va 0,5 dan kichik bo’lsa, metall ioni bilan ligandlar orasida qutbli bog’lanish hosil bo’ladi.
Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling