Metallarning xossalari Konstruktsion materiallarning fizikaviy, texnologiyaviy, eksplutatsiyaviy va mexanikaviy xossalari


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana02.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#199073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu. Metallarning xossalari

Metallarni texnologik xossalari

 

Metallarni  texnologik  xossalariga  kesib  ishlanishlik  toblanuvchanlik, 



payvandlanishlik, bolьalanishlik, erigan metalni ravonligi va boshqalar. SHulardan 

asosiy o’rinlarda metalni kesib ishlanuvchanlik xususiyati turadi, chunki ko’pchilik 

metal buyumlarini stanoklarda kesib ishlanadi. 

 

Kesib  ishlanish  xossasiga  kesish  tezligi,  kesish  kuchi,  kirib  ular  ishlangan 



yuzani  tozaligiga  qarab  aniqlanadi.  Metalni  bu  xususiyatlari  biror  etalonga  qarab 

solishtiriladi. Buning uchun A12 markadagi avtomobil po’lati olinadi. 

         Metal 

va 


kotishmalarning 

botiluvchanligini 

sinash. 

Metall 


va 

kotishmalarning  botiluvchanligini  sinashdan  kuzda  tutilgan  maksad  ulardan 

tayyorlangan  yupka  listlarning  (tunukalarning)  sovuklayin  shtamplana  olish 

xususiyatini  aniklashdan  iboratdir.  Buning  uchun,  botiluvchanligi  sinaladigan  list 

yoki  lentadan  kvadrad  shaklida  kilib  namuna  kirkib  olinadi.  Sinaladigan 

namunalarning, tegishli matritsa va puansonlarning o’lchamlari aniklanadi. Kirkib 

olingan namuna sinash asbobining matritsasi ustiga quyilib, kiskich bilan kisiladi. 

SHunlan  keyin,  namunada  birinchi  darz  xosil  bulguncha  unga  puanson  ta’sir 

ettiriladi.  Namunaning  birinchi  darz  xosil  bulguncha  botilish  chukurligi  shu 

namuna  materialining  plastikligini  kursatadi.  Puason  namunaga  maxovik 

yordamida  minutiga 16-10 mm tezlik bilan ta’sir ettiriladi, darz xosil bulish payti 

esa kuzgu yordamida aniklanadi.

 

            Metallarning  payvandlanuvchanligi  Metallarning  mavjud  usullarda 



texnikaviy  talablarga  javob  bera  oladigan  darajada  payvandlanish  hususiyati 

ularning 

payvandlanuvchanligi 

deyiladi. 

Metall 

va 


qotishmalarning 

payvandlanuvchanligi, asosan, ularning ximiyaviy tarkibiga, tarkibidagi metallmas 

qo‘shimchalarning  xiliga,  miqdoriga,  taqsimlanishiga  va  payvandlash  usulining 

hususiyatiga bog‘liq. Ma’lumki, turli metall konstruksiyalar olishda asosiy material 

sifatida  po‘latlardan  foydalaniladi.  Demak,  turli  qotishmalarning  spetsifik 

hususiyatlari  turlicha  bo‘lganligi  sababli  turlicha  payvandlanadi.  Kuzatishlar 

ko‘rsatadiki, turli qalinlikdagi kam uglerodli oddiy va legirlangan po‘latlar istalgan 

temperatura  sharoitida  yaxshi  payvandlanadi.  Po‘lat  tarkibida  uglerod  miqdori 

0,30%  dan  ortishi  bilan  payvandlashda  termik  ta’sir  zonasidagi  temperaturada 

toblanishi sababli payvandlanuvchanligi yomonlashadi, chunki, u mo‘rtlashib, darz 

ketishiga moyil bo‘lib qoladi. SHu sabali tarkibida 0,30 dan 0, 42% gacha uglerod 

bo‘lgan  po‘latlar  qoniqarli  darajada  payvandlanuvchi  po‘latlarga  kiradi.  Bu 

po‘latlarni  belgilangan  rejimlarga  rioya  qilgan  holda  50  S  dan  yuqori 

temperaturada  payvandlamoq  zarur.  Agar  payvandlanuvchi  po‘lat  buyum  qalin 

bo‘lsa,  uni  100Agar  payvandlanuvchi  po‘lat  buyum  qalin  bo‘lsa,  uni  100-2000 



gacha  qizdirib  payvandlash  maqsadga  muvofiqdir.  Po‘latlar  tarkibida  uglerod 

miqdori  0,42-0,55%  gacha  bo‘lsa,  bunday  po‘latlarni  payvandlash  cheklanadi. 

Agar  po‘latda  uglerod  miqdori  0.55%  dan  ortiq  bo‘lsa,  yomon  payvandlanadi. 

CHeklangan  darajada  va  yomon  payvandlanuvchi  po‘latlarni  payvandlash  zarur 

bo‘lsa, sifatli choklar olish uchun ularni payvandlashdan avval 150-5000 S gacha 

qizdirish.  So‘ngra  payvandlangandan  keyin  termik  ishlash  zarur.  Metallarning 

payvandlanuvchanligiga oltingugurt, fosfor, uglerod singari elementlar salbiy ta’sir 

ko‘rsatadi.  Agar  uglerodi  teng  bo‘lgan  ushlerodli  po‘lat  bilan  legirlangan 

po‘latlarning  payvandlanuvchanligini  taqqoslasak,  legirlangan  po‘latlarning 

payvandlanuvchanligi  plastligini  ko‘ramiz.  Buning  sababi  shundaki,  bu 

po‘latlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lib, tez oksidlanib payvandlanishda 

karbidlar hosil  qiladi.  Natijada  mo‘rtlashib, darz  ketishga  moyil  bo‘ladi. SHuning 

uchun bu xil po‘latlarni payvandlashda yuqorida qayd etilgan salbiy hususiyatlarni 

kamaytirish  maqsadida  payvandlashda  belgilangan  rejimlarga  rioya  qilish  kerak. 

Jumladan,  o‘ta  qizdirishga  yo‘l  qo‘ymaslik,  bu  buyumni  payvandlashdan  avval 

qizdirib  olib,  payvandlangandan  keyin  termik  ishlash  zarur.  Quyidagi  jadval 

po‘latlarning xili va markasiga ko‘ra payvandlanuvchanligiga misollar keltirilgan. 

1.1-jadval  Guruhi  Payvandlanuvchanligi  po‘latlarning  xili  va  markasi  uglerodli 

legirlangan 1 yaxshi St1, St2, St3, St4, 08, 10, 15, 20, 25, 12kp, 15kp, 16kp, 20kp, 

18kp  15G,  20G,  15X,  15XA,  20X,  15XM,  14XGS,  10XGSD,  10XGSND, 

15XSND.  2  qoniqarli  St5,  30,  35  12XN2,  12XNZA,  14X2MR,  10G2MR,  6 

20XNZA,  20XN,  20XGSA,  25XGSA,  30X,  30XM  3  cheklangan  St6,  40,  45,  50 

35G,  40G,  45G,  40G2,  35X,  40X,  45X,  40XM,  40XMFA,  30XGS,  30XGSA, 

35XM, 40XS 4 yomon 60, 70, 75, 80, 85, U7, U8, U9, U10, U11, U12 50G, 50X, 

50XN,  45XNZMFA,  6XS,  9XS,  5XNG,  5XNV  Ma’lumki,  cho‘yan  tarkibida 

uglerodning  ko‘pligi  sababli  mo‘rt  bo‘lib,  po‘latlarga  nisbatan  ancha  yomon 

payvandlanadi.  Rangli  metallar  va  ularning  qotishmalarining  issiqlikni  yaxshi 

o‘tkazishi,  oson  oksidlanishi,  sezilarli  darajada  chizig‘iy  kengayishi,  gazlar 

(kislorod, azot. vodorod) ni yutishi va boshqa hususiyatlari payvandlashda ma’lum 

qiyinchiliklar tug‘diradi, albatta. 



Nazorat uchun savollar. 

1.  Mashinasozlikda ishxolatiladigan metallar. 

2.  CHo’yanlar va po’latlar. 

3.  Metallarni ichki tuzilishi. 

4.  Magnit xossalari. 

5.  Metallarni mexanik xossalari. 

6.  Ximiyaviy xossalari. 

7.  Qattiqlikni aniqlash usullari. 

 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling