Metallik nazariyasi


Download 10.1 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi10.1 Kb.
#1406711
Bog'liq
6-variant


6-Variant
1-topshiriq
Pulning metallik nazaryasining 3 muxum qoydasini ko’rsating va ularga izoh bering.
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581-yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo`lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshqalar hisoblanadi.

  1. Faqat qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o`tay oladi.

  2. Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zahirasi bilan o`lchanadi.

  3. Bu boyliklarning manbai savdodadir deydilar.

Bimetallizm — qiymat oʻlchovi (qonunlashtirilgan umumiy ekvivalent) vazifasini 2 nodir metall — oltin va kumush bajaradigan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. B. 16 — 19-asrlarda Gʻarbiy Yevropada keng tarqalgan edi. B.ning 2 shakli mavjud boʻlgan. Bular: 1) oltin tangalar bilan kumush tangalarning bir-biriga nisbati bozor qiymatiga qarab stixiyali ravishda belgilanadigan parallel valyuta. tizimi; 2) ikki metall qiymatlari oʻrtasidagi nisbat davlat tomonidan belgilanadigan qoʻsh valyuta tizimi. B. sharoitida qogʻoz pullar emissiya muassasalari xohishi bilan yo oltinga, yoki kumushga maydalangan, shuning uchun mamlakatning valyuta zaxirasi 2 metalldan iborat boʻlgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklaridagi pul tizimi B.dan ham murakkabroq boʻlib, muomalada 2 emas, balki 3 metall: oltin ("tilla"), kumush ("tanga") va mis ("pul") yurgan. Ularning qiymatlari oʻrtasidagi nisbat iktisodiy va siyosiy sabablar tufayli doimo oʻzgarib turgan. Bu esa tovar-pul munosabatlarini juda qiyinlashtirgan. Zotan B. ham, muomalada 3 metall yurishi ham pulning umumiy yagona muqobil sifatidagi tabiatiga zid edi. Taraqqiy etgan mamlakatlar 19-asr oxirlariga kelib monometallizm (oltin)ga asoslangan pul tizimiga birinketin oʻtdilar. 20-asrning 60- yillar oxiridan qogʻoz pullarning oltin taʼminoti bekor qilinishi bilan monometallizm ham oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.

2-topshiriq


Berilgan malumotlardan foydalangan holda M1 pul agregatini miqdorini aniqlang.
Tijorat banklarining depazit sertifikatlari- 1 820 mlrd so’m
Talab qilib olinadigan depozitlar- 41 800 mlrd so’m1
Muddatli depozitlar- 18 070 mlrd so’m
Jamg’arma depozitlar- 7 470 mlrd so’m2
Davlat qimmatli qog’ozlari- 6 770 mlrd so’m
M2 pul agregati- 81 590
M1 pul agregatlariga: naqt pullar, yo’l cheklari, talab qilib olinadigan depozitlar kiradi.
M2 pul agregatlari: M1, pul bozoridagi barcha ulushlar, jamg’arma depozitlari.
81 590-18 070-7 470=56050
56 050+41 800=97 850
M1 pul agregati miqdori 97 850 000 000 so’mga teng.
Download 10.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling