Mеtаllurgik pеchlаrning kоmplеks nаzаriyasi. Reja Issiqlik almashuv jarayoni Gazlar aeromexanik harakati


Download 180.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi180.65 Kb.
#1270752
  1   2   3
Bog'liq
MЕTАLLURGIK PЕCHLАRNING KОMPLЕKS NАZАRIYASI



MЕTАLLURGIK PЕCHLАRNING KОMPLЕKS NАZАRIYASI. 
Reja 
1. Issiqlik almashuv jarayoni 
2. Gazlar aeromexanik harakati 
 
Metallurgik pechlarning ishlashi bir paytda o‘tadigan besh xil jarayonlardan 
iboratdir; ya’ni texnologik, energetik, aeromexanik, mexanik va issiqlik 
almashinuvlardir. Bularning asosiysi – texnologik jarayondir. Boshqa jarayonlar 
unga bo‘ysunadi. Ularning rivojlanishi shunday bo‘lishi kerakki, texnologik jarayon 
sifatli va samarali o‘tishini ta’minlash kerak. Amaliyotda hamma jarayonlar bir 
vaqtda o‘tadi va bir-biriga bog‘liqdir, bittasini jadallashtirish boshqalarini 
jadallashtirishga olib keladi. Bunday qonuniyatlarni amalda ishlab turgan yallig‘ 
qaytaruvchi pechda ko‘rib chiqamiz, (3 - rasm).
 
3- rasm. Yallig‘ qaytaruvchi pechda eritish jarayoni sxemasi.  
Rasmda, yallig‘ qaytaruvchi pechning ko‘ndalang kesimida asosiy jarayonlarni 
o‘tish o‘rni ko‘rsatilgan. Unda uglerodli yoqilg‘i pechning hajmida yonadi va yuqori 
haroratli gazlar paydo bo‘ladi – bu energetik jarayon. Paydo bo‘lgan gazlarnimg 
pech ichida harakatlanishi - aeromexanik jarayonni tashkil qiladi. Hara-kat davrida 
issiq gazlar issiqlik sovuq shixtaga beradi – bu issiqlik almashuv jarayoni. Olingan 
issiqlik natijasida shixta eriydi va unda tegishli fizik-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y 
beradi, uning natijasida mahsulot paydo bo‘ladi (shteyn va shlak), bu texnologik 
jarayon deb ataladi. Shixta ustida hosil bo‘lgan eritma pastga qarab siljiydi va 
pechning hovuzida shteyn va shlakka ajralib, ikki qatlam paydo bo‘lishi mexanik 
jarayon deb ataladi.
Pechda yoqilg‘i qanchalik shiddatli yonsa, shuncha ko‘proq gaz paydo bo‘ladi va 
pechning harorati yuqoriga ko‘tariladi. Bu esa gazdan qattiq moddaga issiqlik 
berishni jadallashtiradi va fizik-kimyoviy jarayonlarning tezroq o‘tishiga olib keladi. 
Misoldan ko‘rinib turibdiki, zamonaviy pechlarda boradigan jarayonlarni o‘r-
ganishi faqat kompleks nazariyasi bo‘lishi kerak, ya’ni metallurgik, texnologik 
jarayonlarning o‘tishi va energetik jarayonlar uzviy bog‘liqlikda deb qarash lozim.
Kompleks nazariya yuqorida keltirilgan jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va 
ularni pechlarda o‘tadigan jarayonlarga har xil ta’sirini o‘rganadi.
Quyidagi metallurgik pechlarning ishchi hajmida yuqorida sanab o‘tilgan asosiy 
jarayonlarning sonli bog‘liqligini aniqlaymiz. Buning uchun pechdagi 
jarayonlarning umumlashtiruvchi matematik sxemasini tasvirlaymiz, (4 - rasm).


4- rasm. Metallurgik pech ishi umumiy sxemasi 
Pechning V hajmida qattiq, eritma materiallar va mahsulotlar joylashgan, ular 
pechda Vm hajmini egallagan. Pechning ishchi hajmiga havo, materiallar va quvvat 
beriladi, pechdan esa gazlar, mahsulotlar va quvvat (gazlar bilan tashqariga chiqib 
ketayotgan, isrof bo‘layotgan issiqlik va boshqalar) chiqib ketadi. Pech sxema-sidan 
bir-birining soniga bog‘liq bo‘lgan, asosiy jarayonlarning umumlashtirilgan 
tenglamasini keltirib chiqaramiz.

Download 180.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling