Mеtаllurgik pеchlаrning kоmplеks nаzаriyasi. Reja Issiqlik almashuv jarayoni Gazlar aeromexanik harakati
Download 180.65 Kb. Pdf ko'rish
|
MЕTАLLURGIK PЕCHLАRNING KОMPLЕKS NАZАRIYASI
MЕTАLLURGIK PЕCHLАRNING KОMPLЕKS NАZАRIYASI. Reja 1. Issiqlik almashuv jarayoni 2. Gazlar aeromexanik harakati Metallurgik pechlarning ishlashi bir paytda o‘tadigan besh xil jarayonlardan iboratdir; ya’ni texnologik, energetik, aeromexanik, mexanik va issiqlik almashinuvlardir. Bularning asosiysi – texnologik jarayondir. Boshqa jarayonlar unga bo‘ysunadi. Ularning rivojlanishi shunday bo‘lishi kerakki, texnologik jarayon sifatli va samarali o‘tishini ta’minlash kerak. Amaliyotda hamma jarayonlar bir vaqtda o‘tadi va bir-biriga bog‘liqdir, bittasini jadallashtirish boshqalarini jadallashtirishga olib keladi. Bunday qonuniyatlarni amalda ishlab turgan yallig‘ qaytaruvchi pechda ko‘rib chiqamiz, (3 - rasm). 3- rasm. Yallig‘ qaytaruvchi pechda eritish jarayoni sxemasi. Rasmda, yallig‘ qaytaruvchi pechning ko‘ndalang kesimida asosiy jarayonlarni o‘tish o‘rni ko‘rsatilgan. Unda uglerodli yoqilg‘i pechning hajmida yonadi va yuqori haroratli gazlar paydo bo‘ladi – bu energetik jarayon. Paydo bo‘lgan gazlarnimg pech ichida harakatlanishi - aeromexanik jarayonni tashkil qiladi. Hara-kat davrida issiq gazlar issiqlik sovuq shixtaga beradi – bu issiqlik almashuv jarayoni. Olingan issiqlik natijasida shixta eriydi va unda tegishli fizik-kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, uning natijasida mahsulot paydo bo‘ladi (shteyn va shlak), bu texnologik jarayon deb ataladi. Shixta ustida hosil bo‘lgan eritma pastga qarab siljiydi va pechning hovuzida shteyn va shlakka ajralib, ikki qatlam paydo bo‘lishi mexanik jarayon deb ataladi. Pechda yoqilg‘i qanchalik shiddatli yonsa, shuncha ko‘proq gaz paydo bo‘ladi va pechning harorati yuqoriga ko‘tariladi. Bu esa gazdan qattiq moddaga issiqlik berishni jadallashtiradi va fizik-kimyoviy jarayonlarning tezroq o‘tishiga olib keladi. Misoldan ko‘rinib turibdiki, zamonaviy pechlarda boradigan jarayonlarni o‘r- ganishi faqat kompleks nazariyasi bo‘lishi kerak, ya’ni metallurgik, texnologik jarayonlarning o‘tishi va energetik jarayonlar uzviy bog‘liqlikda deb qarash lozim. Kompleks nazariya yuqorida keltirilgan jarayonlarning umumiy qonuniyatlari va ularni pechlarda o‘tadigan jarayonlarga har xil ta’sirini o‘rganadi. Quyidagi metallurgik pechlarning ishchi hajmida yuqorida sanab o‘tilgan asosiy jarayonlarning sonli bog‘liqligini aniqlaymiz. Buning uchun pechdagi jarayonlarning umumlashtiruvchi matematik sxemasini tasvirlaymiz, (4 - rasm). 4- rasm. Metallurgik pech ishi umumiy sxemasi Pechning V hajmida qattiq, eritma materiallar va mahsulotlar joylashgan, ular pechda Vm hajmini egallagan. Pechning ishchi hajmiga havo, materiallar va quvvat beriladi, pechdan esa gazlar, mahsulotlar va quvvat (gazlar bilan tashqariga chiqib ketayotgan, isrof bo‘layotgan issiqlik va boshqalar) chiqib ketadi. Pech sxema-sidan bir-birining soniga bog‘liq bo‘lgan, asosiy jarayonlarning umumlashtirilgan tenglamasini keltirib chiqaramiz. Download 180.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling