Metallurgiya
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Qodirov Xurshid Kurs ishi Po\'lat
O’zq
Varaq Hujjat № Imzo _ Sana_ Varaq_ KURS ISHI 5310300. muvofiq ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risida nizom ishlab chiqishi kerak. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish uchun javobgarlik foydalanuvchi tashkilot rahbariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan bunday vazifalar belgilangan shaxslarga yuklatiladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini bexatar olib borish tartibi va shartlarini, avariya vaziyatlarida va ta’mirlash ishlarini bajarish chog‘ida xodimlarning xatti-harakatini belgilab beruvchi me’yoriy-texnik va foydalanish hujjatlari bo‘lishi kerak. Ushbu hujjatlar kamida besh yilda bir marta, portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarda esa kamida uch yilda bir marta, shuningdek ushbu hujjatlar uchun asos qilib olingan me’yoriy hujjatlar o‘zgarganda, avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirish bo‘yicha tuzilgan komissiya xulosalari natijalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Sanoat xavfsizligi, texnologik jarayonni olib borish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga doir talablarni o‘z ichiga olib ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomalarni tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi. Yangi ishlab chiqarishlar, texnologik jarayonlar va texnik qurilmalar o‘zlashtirilganda ularni ishlab chiqqan va tayyorlagan tashkilotlar tomonidan texnologik jarayonlarni olib borish va texnik qurilmalardan bexatar foydalanishni ta’minlovchi vaqtinchalik yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Vaqtinchalik yo‘riqnomalar yangi ishlab chiqarishlar uchun ko‘pi bilan bir yil mobaynida amal qilishi kerak. Ishga tushirilayotgan portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlar uchun ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish chog‘ida portlash-yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi. Rahbarlar, mutaxassislar va ishlab chiqarish xodimlarini o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Rahbarlar va mutaxassislar loyihalash, qurilish, montaj va korxonadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga kirayotganlarida mustaqil ish boshlashga ruxsat olish uchun mazkur Qoidalar hamda ularning ish uchastkasiga taalluqli bo‘lgan mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlari yuzasidan sinovdan o‘tishlari lozim. Rahbarlar va mutaxassislarning mehnat Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling