Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi “Energotexnologiya” fanidan


Download 394 Kb.
bet12/14
Sana02.06.2024
Hajmi394 Kb.
#1837983
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
umida 2

Mehnat muhofazasi
Mehnat muhofazasi
Mehnat xavfsizligi qoidalari. Sulfat kislota sexlarida meditsina ko'rigidan o'tgan va ushbu ishlab chiqarish uchun o'rnatilgan texnik minimumlarni topshirgan shaxslarnigina ishlashiga ruhsat etiladi. Texnika xavfsizligi bo'yicha yo'riqnoma har bir ish o'rini uchun ishlab chiqilishi kerak.
Barcha xizmatchilar uchun texnika xavfsizligini bilishini nazorat qilish va yo'l-yo'riqlar ko'rsatish yarim yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ishlatiladigan maxsus kiyimlar belgilangan me'yorlarga mos kelishi kerak: ishga kirishishda o'zi bilan himoya vositalari (protivogaz, maxsus ko'zoynak. rezina qo'lqoplar) bo'lishi kerak. To'siqlar bo'lmaganda jihozlar qismlari harakatlanadigan joylar yaqinida ishlash man etiladi.
Odamlar o'tadigan joylarda kislota quvurlarining (birlashtirgichlari) ga himoya g’iloflari o'rnatilishi kerak.
Jihozlarni sovuqda ta'mirlash, shuningdek bosim ostidagi kislota, havo va gaz jihozlarini ta'mirlash taqiqlanadi. Jihoz va quvurlarni ta'mirlashdan oldin ular albatta yuvilishi, quritilishi kerak, kislota qoldiqlari ohak bilan neytrallanishi lozimdir.
Namunalar olishda va kislotalarni quyishda himoya ko'zoynaklari taqib olinishi va rezina qo'lqop kiyilishi kerak. Kislotani suv bilan suyultirishda suvga kislota (aksincha emas!) quyiladi. To'kilib ketgan kislotani yuvib tashlanadi. kislota to'kilgan joy ohak bilan neytrallanadi.
Kislota quvurlarini, shuningdek kislotali jihoz va idishlarni nazorat qilishda himoya ko'zoynaklari taqib olish va rezina qo'lqoplari kiyib olish kerak.
Binolarga zaharli gazlar ajralib chiqqanda zudlik bilan protivogaz kiyiladi. 12 v dan yuqori kuchlanishli elektr lampochkalari uzaytirgichlaridan foydalanish taqiqlanadi, lampochka uzaytirgichlari va shnurlari muhofazalangan va quruq boʻlishi kerak. Elektrodvigatellarni o'chirish va yoqish faqatgina yaroqli rezina qo'lqoplarida amalga oshiriladi.
Sulfat kislota sexlaridagi barcha xizmatchilar o'z-o'ziga va bir-biriga birinchi tibbiy yordami ko'rsatish uchun o'qitilgan bo'lishi kerak.

Download 394 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling