Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
promotorlar deyiladi.
25 Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalar qaytmaslik va qaytarlik hususiyatlariga qarab ikki turga bo‘linadi. Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalarda cho‘kma tushishi, gaz modda ajralib chiqishi va kam dissotsilanadigan modda hosil bo‘lishi mumkin, masalan, BaCl 2 + Na 2 SO 4 = BaSO 4 (oq) + 2NaCl CaCO 3 = CaO + CO 2 KOH + HCl = KCl + H 2 O Bir vaqtning o‘zida bir – biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Qaytar reaksiyalarda tenglik ishorasi o‘rniga qarama-qarshi strelka qo‘yiladi, masalan, 3H 2 + N 2 2NH 3 Texnikada qaytar reaksiyalar afzal bo‘lmaydi. Shu sababli ular turli usullar– temperatura, bosim va boshqalarni o‘zgartirish bilan amalda qaytmas qilinadi. Qaytar reaksiyalar oxirigacha bormaydi va kimyoviy muvozanat qaror topishi bilan tugallanadi. Masalan, NH 3 sintezi reaksiyasida vaqt birligi ichida qancha molekula NH 3 hosil bo‘lsa shuncha NH 3 azot bilan vodorodga ajraladigan holatda muvozanat qaror topadi. Demak, kimyoviy muvozanatga reaksiyaga kirishayotgan moddalar sistemasining to‘gri va teskari reaksiyalarning tezligi o‘zaro teng bo‘lgan holati, deb ta’rif berish mumkin. Muvozanat holatida to‘gri reaksiya ham, teskari reaksiya ham to‘xtamaydi, shuning ushun bunday muvozanat dinamik muvozanat deyiladi. Ikkala reaksiyaning ta’siri bir-birini yo‘qotgani sababli reaksion aralashmada sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Reaksiyaga kirishayotgan barcha moddalarning, ya’ni boshlang‘ich moddalarning ham, hosil bo‘ladigan moddalarning ham konsentratsiyalari o‘zgarmasdan qoladi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kimyoviy muvozanati qaror topgandagi konsentratsiyasi Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling