Металлургияи Узбекистон
Download 210.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi.
Po‘latning xossalari. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Legirlangan po‘latlar tayyorlashda po‘latning xossalarini kuchli tarzda o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan turli legirlovchi qo‘shimchalar: xrom, nikel, titan, molibden, vanadiy, volfram va boshqalar qo‘shiladi. Hamma po‘latlar umumiy bo‘lgan mustahkamlik va plas-
tiklik xususiyatlariga ega. Ularni bolg‘alash, yoyish, shtamplash, sim qilib cho‘zish mumkin. Po‘latlar texnikada ishlatilish sohalariga qarab, konstruksion, asbob-uskunabop turlarga ham bo‘linadi. Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi. Cho‘yan olish va uni qayta ishlovdan o‘tkazib, po‘lat olish murakkab jarayonlardan iborat va atrof-muhitning chang, qurum, zaharli gazlar, shlaklar, oqova suvlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Shuning uchun rudalardan temir va po‘latni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish usullarini ishlab chiqish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu jarayonlarda qaytaruvchi sifatida koksdan foydalanilmaydi, uning o‘rniga vodorod va tabiiy gaz kabilar ishlatiladi. Rudalardan olinadigan g‘ovak temir juda toza bo‘lib (uglerod va boshqa qo‘shimchalar tutmaydi), marten va elektr pechlarida po‘lat va kukunsimon po‘lat olishda keng qo‘llanilmoqda. Temir rudalaridan kokssiz temir olish usuli qora metallurgiyada yangi chiqindisiz texnologiyalar qo‘llashga misol bo‘ladi. Bunda sezilarli darajada suv sarfi va oqova suvlar miqdori ham da qattiq chiqindilar va atmosferaga chiqariladigan gazlar miqdori ham kamayadi. Foydalanilgan adabiyotlar www.fayllar.org www.xozir.org www.arxiv.uz Download 210.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling