Methodology of teaching the law of conservation of energy in secondary schools
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
energiyaning-saqlanish-qonuni-mavzusini-umumtalim-maktablarida-oqitish-metodikasi
2022
№ 1 29 Davra suhbati texnologiyasi ─ aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o’z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o’qitish metodidir. Davra suhbati metodi qo’llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan “ko’z aloqasi”ni o’rnatib turishga yordam beradi. Davra suhbatining og’zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og’zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so’raydi va aylanma bo’ylab har bir ta’lim oluvchi o’z fikr-mulohazalarini bayon etadilar. So’zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo’lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo’lingandan so’ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog’ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo’yicha o’z savolini beradi va javob varaqasining biriga o’z javobini yozib konvert ichiga solib qo’yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo’ylab harakatlanadi. Darsni kirish qismi 2 minutni tashkil qiladi. Shundan so’ng yangi mavzu bayon qilinadi. Buning uchun 20 minut ajiratiladi. Yangi mavzu bayon etishda o’qituvchi mavzuni doskaga yozib e’lon qiladi va reja asosida 1. Energiya xaqida tushuncha berish; 2. Energiya turlari; 3. Energiyaning saqlanish qonuni; 4. Mexanik energiyaning saqlanish qonuni; haqida ma’lumotlar beradi va bu mavzularga tabiatdan misollar keltiradi. Energiyaning saqlanish qonuni va mexanik energiyaning saqlanish qonunlarini farqlab beradi, mohiyatini ochib uni ko’rgazmali qurollar, video darsliklar vositasida tushuntirib beradi. ISSN: 2181-3337 SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling