Metod birlashma raisi: G. Yusupova


IV.Metodbirlashma ishlarini tashkil etish


Download 117.51 Kb.
bet3/18
Sana06.11.2023
Hajmi117.51 Kb.
#1752714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Metodbirlashma-fayllar.org

IV.Metodbirlashma ishlarini tashkil etish
va unga rahbarlik qilish.
32. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodbirlashmalar boshlang’ich ta’lim, sinf rahbari yo’nalish bo’yicha bitta, 5-11-sinflarda esa o’quv rejasida alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi.Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u xolda ushbu fan o’qituvchilari shu turkumidagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta metod birlashmaga birlashadilar.

33. Maktabning har bir o’qituvchisi (shuningdek, o’rindoshlik tariqasida ishlayotgan o’qituvchilari ham o’z yo’nalishlarini yoki tegishli fan turkimi) bo’yicha metodbilrashmaga a’zo bo’lishlari shart.


34. Metodbilrashmalarning rahbari maktab pedagogika kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan maktab direktorining buyrig’i bilan tayinlanadi.
35. Metodbirlashmalarining faoliyati direktorining o’quv (metodik) ishlari bo’yicha o’rinbosari rahbarligidagi maktab Metodika kengashi tomonidan muvofiqlashtrilib boriladi. Har bir fan va yo’nalish bo’yicha Metodbirlashmaning rahbari maktab metodika kengashining a`zosi hisoblanadi.
36.Metod birlashma reja asosida ish yurutadi , ish reja maktabning ish rejasida aksini topishi lozim. Metodik mavzu o’qituvchining kasbiy o’z ustida ishlash rejasini nazarda tutgan holda, pedogogik jamoa a`zolari tomonidan qabul qilinishi lozim.
37. Metodbirlashma yig’ilishi bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi.
38. Metodbirlashma yig’ilishlarida belgilangan masaslalr ko’rib chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. Yig’ilishlar bayoni alohida daftarga yozib boriladi.
39. Metodbirlashma turli mavzularda seminar – mashg’ulotlar, ma`lum mavzularga bag’ishlangan turkum ochiq darslarni tashkil qiladi.
40. O’quv yili oxirida metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorining
o’quv metodika (metodika) ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tahlil qilinadi.
41. Yig’ilsh bayonlari daftari, birkashma ish rejasi va hisoboti maktabda 3 yil muddatda saqlanadi.
42. Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
yosh o’qituvchilarga metodik yordam uyushtirish
fan o’qituvchilarining metodbirlashmasi, metod kengashi o’tishini doimiy ravishda tashkillashtirib borish.
DTS talablari doirasida o’qitish sifatiga e’tibor berish.
metodbirlashma ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish.
ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida metod kengash yoki pedogogika kengashida hisobod bersh.
taqvim-mavzu rejalarini tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish
ijodiy hisobotlar, ochiq darslar metodik kunlar, metodik oylik dekadalar tashkillashtirish.
malaka oshirish uchun buyurtmalar berish va malaka oshirishga oid takliflar tayyorlash;
maktabning Pedogogika kengashida metogik seminarlarda metodbirlashma ishtirokini takomillashtirish.

Download 117.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling