Metod birlashma raisi: sh. Eshonqulova


Download 27.68 Kb.
Sana24.02.2020
Hajmi27.68 Kb.

Buxoro viloyat Galaosiyo tuman 3- umumiy o’rta ta’lim maktabida estetik yo’nalishdagi fanlar metod birlashmasi yig’ilishining -sonli bayonnomasidan

K O’ CH I R M A

Buxoro viloyat Galaosiyo tuman 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi 22.04.2017 yil

Qatnashdilar: Rahmatova , To’rayev A, Tohirova D, Eshonqulova Sh, Ro’ziyeva L, Haydarova O’, Shodiyeva M, , Murodova L, Jo’rayeva K, Xudoyberdiyeva M, Qazoqova M, Hakimova M, Axmedova M, Ahrorova N, Nurinninov F, Arbobov H.

KUN TARTIBI

4-1 MEH-13 guruhi amaliyotchi talabasi Vohidova Nozimaning mehnat fanidan 22.04.2017-yil 8-“A”sinfida o’tkazgan “Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi” mavzusidagi ochiq dars muhokamasi.

ESHITILDI



  1. Metod birlashma raisi SH.Eshonqulova so’zga chiqib, talaba N.V.Vohidova dars davomida erishgan yutuqlari va yo’l qo’ygan kamchiliklar haqida gapirdi. Jumladan darsda yangi pedagogik texnologiyalardan o’z o’rnida foydalanganini aytib o’tdi va mavzu yuzasidan krossvord va slaydlardan foydalanganini takidladi. Shundan so’ng mutaxassislik fani o’qituvchisi A.A.To’rayev so’zga chiqib, dars davomida sinfni ikki guruhga bo’lib rag’batlantirib borgani va darsni mustahkamlash qismida geometrik figuralardan foydalanib o’quvchilarga psixologik xarakteristika aytganini alohida ta’kidlab o’tdi. Mavzu yuzasidan tayyorlangan slayd yaxshi samara berganligini e’tirof etdi. Dars DTS talablariga mos holda o’tilganini bildirdi.

Yig’ilishda ko’rilgan masala yuzasidan

Qaror qilindi

1. Amaliyotchi talaba Vohidova Nozima Valiyevnaning 8-“A”sinfida o’tkazgan “Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi” mavzusidagi ochiq darsi namunali deb e’tirof etilsin.

2. Amaliyotchi talaba Vohidova Nozima Valiyevnaning ochiq dars mashg’uloti a’lo darajada deb baholansin.



Metod birlashma raisi: SH.Eshonqulova

Mutaxassislik fani o’qituvchisi: A.A.To’rayev




Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti

Mehnat talimi yo’nalishi 4-1MEH-13 guruh talabasi

Vohidova Nozimaga Buxoro viloyat Galaosiyo tuman

3-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati tomonidan berilgan




T A V S I F N O M A

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti mehnat ta’limi yo’nalishi 4-1MEH-13 guruh talabasi Vohidova Nozima Valiyevna 2017-yil 1-martdan 30-aprelgacha bo’lgan vaqt davomida Buxoro viliyat Galaosiyo tuman 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida Mehnat fanidan malakaviy pedagogik amaliyotni o’tadi. U o’z faoliyati davomida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va kasb tanlash borasida bilim, ko’nikmalarini oshirishga harakat qildi. Tuman maktablari orasida o’tkazilgan “Siz huquqni bilasizmi” tadbirini tashkillashtirishda faol ishtirok etdi.

Pedagogik amaliyot davomida N.V.Vohidovaga 8-“A” sinf rahbarligi yuklatildi. 5-9 sinflarga mehnat darslarini jadval asosida o’tdi. Shu bilan birga 8-“A”sinf o’quvchilari bilan “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag’ishlab bayram tabrigi, 1-aprel “Hazil mutoyiba kuni”ga bag’ishlab “Kuling umringiz uzoq bo’ladi”deb nomlangan tadbirlarni tayyorlab, a’lo darajada o’tkazdi. Sinf o’quvchilari va ota-onalar yig’ilishlarini o’tkazib, past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan alohida ish olib bordi. Maktabda to’quvchilik to’garagini tashkil qilib, 5-6 sinf qizlari bilan reja bo’yicha muntazam mashg’ulotlarni olib bordi.

Vohidova Nozima Valiyevna APREL-mehnat fani oyligida o’quvchilarni mehnatsevarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda va ularni kasbga yo’naltirishda o’z hissasini qo’shdi. Maktabda o’tkazgan ochiq darsi ,tadbirlari va interfaol darslari orqali o’quvchilar va maktab jamoasi hurmatiga sazovor bo’ldi. U o’z fanining bilimdoni, talabchan, izlanuvchan pedagog bo’lib yetishishiga, o’z kasbining mohir ustasi, tirishqoq, bolalarni chin dildan sevuvchi ustoz bo’lishiga ishonamiz.



Maktab deriktori: S.T.Jo’rayeva

Uslubshunos o’qituvchi: A.A.To’rayev

Mehnat ta’limi o’qituvchilari: D. Tohirova

Sh.Eshonqulova

8-“A” sinf rahbari: L.Ro’ziyeva

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

4-MEH-13 GURUH TALABASI



VOHIDOVA NOZIMANING

PEDAGOGIK AMALIYOT HUJJATLARI

Amaliyot o’tash joyi:

Buxoro viloyati Galaosiyo tumani 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi

Amaliyot davri:

2017 yil 1-martdan 30-aprelgacha

Amaliyot rahbari: I.Davronov

Uslubshunos: A.To’rayev

Pedagog: G.Habibova

Psixolog: S.G’ulomova



BUXORO-2017

Vohidova Nozima Valiyevnaning malakaviy pedagogik amaliyot



H I S O B O T I

Men Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti mehnat ta’limi yo’nalishi 4-1MEH-13guruh talabasi Vohidova Nozima Valiyevna 2017-yil 1-martdan malakaviy pedagogik amaliyotni Buxoro viloyat Galaosiyo tuman 3-maktabida boshladim.

Biz maktabga borgan kunimizdan maktab jamoasi bilan tanishib oldik. Bizni maktab deriktori S.T.Jo’rayeva va deriktor o’rinbosarlari G.Rahmatova va Shahnoza Botirxon qizi, mehnat fani o’qituvchilari D.Tohirova, SH.Eshonqulova yaxshi kutib olib, maktab jamoasi bilan tanishtirdilar. Menga sinf rahbari vazifasini o’rganish uchun 8-“A”sinf rahbari Ro’ziyeva Lobardan sinf rahbarlik vazifasini o’rganish uchun juda yaxshi tavsiyalar oldim.

Malakaviy pedagogik amaliyotda mutaxassislik fanidan uslubshunos o’qituvchi A.A.To’rayevdan mehnat ta’limi darslarini tahlil qilishda, taqvim mavzuli rejani tuzishda, dars ishlanmalarni tayyorlashda, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishda, mavzuga mos bo’lgan metodlarni tanlashda, ta’lim vositalaridan samarali foydalanishga oid bo’lgan tushuncha va tavsiyalar berdilar.

Pedagogika fanidan uslubshunos o’qituvchi G.Habibova bergan tavsiyalar asasida dars o’tishda o’qituvchining pedagogik mahorati, nutq madaniyati, pedagogik odob haqida tasavvurlarga ega bo’ldim.

Psixologiya fanidan uslubshunos o’qituvchi S.G’ulomova bergan tavsiyalari asosida o’quvchilar bilan suhbatlashganda muomala madaniyati, o’quvchi shaxsini individual xususiyatini o’rganish, sinf liderini aniqlash, darsda o’quvchilar diqqatini o’z fikr va mulohazalarimga jalb qilishni o’rgandim.

Maktabning 5-9 sinflariga mehnat ta’limi fani darslarini o’tishda mehnat fani o’qituvchilari D.Tohirova va SH.Eshonqulovalar bilan maslahatlashib, bergan tavsiyalari asosida darslarni o’tkazdim.

Malakaviy pedagogik amaliyot mobaynida 2017-yil 1-martdan 29-aprelgacha bo’lgan muddatda shaxsiy ish rejani tuzdim, reja asosida faoliyatimni amalga oshirdim va kundalik daftarimga rasmiylashtirdim. Amaliyot davomida 40 ta dars tahlili qilib, dars o’tish jarayoni va o’qitish metodlarini o’rgandim.

8-“A” sinfiga tarbiyaviy soat darslarini o’tishda 8 soatga mo’ljallangan tarbiyaviy soat ish rejani tuzdim va shu asosida o’tdim.

Maktabda o’quvchilarning qiziqishlarini oshirish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini yanada shakllantirish maqsadida “To’quvchilik” to’garagini tashkil qildim. To’garakning tuzilgan rejasi asosida o’quvchilarga to’quvchilik sirlarini o’rgatdim. Shu bilan birga 8-“A” sinf o’quvchilari bilan “8-mart Xalqaro xotin –qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bayram tabrigi, 1-aprel Hazil va mutoyiba kuniga bag’ishlab “Kuling umringiz uzoq bo’ladi” nomli tadbir senariylarini tuzdim va shu asosida namunali tadbir o’tkazdik. Tuman maktablari orasida o’tkazilgan “Siz huquqni bilasizmi?” tadbirini tashkillashtirishda o’z hissamni qo’shdim.

Shu vaqt mobaynida mutaxassislik fanidan uslubshunos o’qituvchi A.A.To’rayev darsni qanday tashkillashtirishni, o’quvchilar bilan qanday ishlash kerakligi haqida muhim tavsiyalar berdilar.

Mehnat ta’limi fanidan tuzilgan taqvim mavzuli reja asosida (5-“B”, 6-“A”, 7-“B”, 8-“A”, 8-“B”, 9-“A” ) sinflarga o’tiladigan mavzular bo’yicha dars ishlanmalar tayyorladim va dars o’tdim.

8-“A” sinfga “Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi” mavzusi asosida ochiq dars ishlanmasini tayyorladim va 2017-yil 22-aprel kuni o’tkazdim. Ochiq darsda o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosari G.Rahmatova, mutaxassislik fanidan uslubshunos o’qituvchi A.To’rayev, mehnat ta’limi fani o’qituvchilari D.Tohirova, SH.Eshonqulova, amaliyotchi talabalar O’.Haydarova, M.Shodiyeva, M.Qazoqova, L.Murodova, M.Xudoyberdiyeva, K.Jo’rayeva qatnashdilar. Ochiq darsimda erishilgan yutuqlar va kamchiliklar bo’yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Xulosa qilib aytganda, men amaliyot davomida o’rgangan bilim va tajribalarimni amalda qo’llay olishga, namunali, talabchan pedagog bo’lishga harakat qilaman va men bunga ishonaman.



4-1MEH-13 guruh talabasi: N.V.Vohidova

Mehnat fani o’qituvchisi: D.Tohirova



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling