Metod birlashmalar


O‘qituvchining o‘z ustida mustaqil ishlashi


Download 98 Kb.
bet3/9
Sana08.04.2023
Hajmi98 Kb.
#1341063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
METOD BIRLASHMALAR.

O‘qituvchining o‘z ustida mustaqil ishlashi.
O‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi - ixtiyoriy va ongli kognitiv jarayon bo‘lib, u o‘z xoxish-irodasiga ko‘ra shaxsiy motivlar asosida amalga oshiriladi.
O‘z ustida ishlash hamda bilimini oshirish mazmunini aniqlashda o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatida ikkita asosga suyanishi lozim:
1. O‘z-o‘zini o‘z faoliyatini tanqidiy nuqtai nazardan taxlil etish.
2. O‘zining kasbiy malakasi darajasini kutilayotgan natija bilan real tarzda muvofiqlashtirish. Bu o‘qituvchidan pedagogik faoliyatning qaysi tomonlari zaif, o‘z bilimini oshirish va tarbiyalarining qanday muammoli taraflari borligini belgilashda yordam beradi.
O‘qituvchi bilimini oshirish quyidagi kompetentlardan tashkil topgan:
- O‘qituvchining o‘z bilimini oshirish maqsadini belgilash:
- O‘zining pedagogik faoliyatini taxlil etish:
- Rejalashtirish:
- Komplekslik:
- O‘z-o‘zini nazorat qilish tamoyili:
Seminar, davra suhbati va konferensiyalar o‘tkazish
Seminar mashg‘ulotlari o‘qituvchilarni jalb qilishi bilan birga ular uchun ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga imkoniyat yaratadi.
Metodik tomondan to‘g‘ri tashkil etilgan seminarda ishtirokchilar ma’ruzaga ijodiy yondashgan holda baxs-munozaraga kirishishlari mumkin. Ijodiy tusda o‘tkaziladigan seminarlarda o‘qituvchilar o‘z dunyoqarashlarini kengaytirish va bilimlarini o‘sishiga erishishlari mumkin. Ijodiy tusda o‘tkaziladigan seminarlarda o‘qituvchilar o‘z dunyoqarashlarini kengaytirishi va bilimlarini o‘sishiga erishishlari mumkin.
Seminar mashg‘ulotlaridan ishtirokchilar nazariy bilimlari asosida ularni yangi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun ta’limning zamonaviy metodi - "Besh pog‘onali" metoddan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda ishtirokchilar ishlab chiqarishning yangi texnologiyalar, yangi mehnat usullari va baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.Besh pog‘onali metod quyidagi pog‘onalarni o‘z ichiga oladi:
-Motivatsiya pog‘onasi:
-Axborot pog‘onasi:
- Namoyish pog‘onasi:
-Qo‘llash pog‘onasi:
-Nazorat pog‘onasi:

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling