Metodbirlаshmа rаhbаrlаrigа 10% ustаmа berish tartibi
Yuboriladigan materiallar uch xil yo'nalishda bo'lishi mumkin
Download 20.2 Kb.
|
METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’i. METODBIRLASHMA RAHBARLARINING VAZIFALARI OZGARTIRILDI.
- Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i
Yuboriladigan materiallar uch xil yo'nalishda bo'lishi mumkin:
birinchi yoʻnalish: O'quv metodik qo'llanmalar (o'quv metodik qo'llanmalar, tavsiyanoma pdf formatda yuboriladi); ikkinchi yoʻnalish: Dars ishlanmalar (xalqaro tajribalarga asoslangan, ilg'or interfaol metodlar bilan o'tilgan yuqori saviyadagi bir soatlik namunali dars yoki to'garak mashg'uloti ishlanmasi); uchinchi yoʻnalish: Video mahsulotlar (darsdagi yoki darsdan tashqari mashg'ulotlardagi interfaol metodlarni yoritib bergan jarayonlar yoki shaxsiy innovatsion metodik tajribani tushuntirib beruvchi, davomiyligi 7 minutgacha bo'lgan, hajmi 300 mb dan oshmagan videorolik). Boshqa turli ishlar va talab darajasida bo'lmagan ishlar qabul qilinmaydi va ko'rilmasdan qoldiriladi. ilg'or metodik ishlarni yuborish muddatlari: birinchi muddat 1-sentabrdan 1-oktabrgacha; ikkinchi muddat 1-noyabrdan 1-dekabrgacha; uchinchi muddat 1-yanvardan 1-fevralgacha; to'rtinchi muddat 1-martdan 1-aprelgacha. talabgor ilg'or metodik ishlarini har bir muddatda faqat bir marta yuborishi mumkin. Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’i. METODBIRLASHMA RAHBARLARINING VAZIFALARI O'ZGARTIRILDI. Umumiy o'rta ta'lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari o'qituvchilarga o'quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni koʻrsatadi: o'qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi; fanni o'qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko'rsatib beradi; variativ o'quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko'radi; dars jarayonida ko'rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi; har bir chorak yakuniga ko'ra o'quvchilardagi bo'shliqlarni to'ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo'yicha metodik tadbirlarni tashkil etadi; yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi; metodbirlashma a'zolari orasida sog'lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi; fan o'qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya boʻyicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi; o'qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko'maklashadi; fan o'qituvchilarining metodik yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta'limi boshqarmasi va pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi; mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo'yicha o'qituvchilarning tegishli ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun o'quvlar tashkil qilib boradi; ilg'or metodikalarga ega o'qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag'batlantirish bo'yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi. Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i Download 20.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling