Методы обучения юных гандболистов


Download 410.66 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi410.66 Kb.
#1633707
TuriРеферат
  1   2   3   4
Bog'liq
yosh gandbolchlarni orgatish usullari




Министерство дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан


Школа общего среднего образования № 51 Уртачирчикского района Ташкентской области


РЕФЕРАТ


Тема: Методы обучения юных гандболистов


REJA:

  1. Yosh gandbolchlarni o‘rgatish usullari

  2. Hujum o‘yin texnikasini o‘rgatish

  3. To‘pni egallash texnikasiga o‘rgatish



  1. Yosh gandbolchlarni o‘rgatish usullari


Harakatlarga maqsadli oʻrgatish oʻqituvchidan oʻqitish usullari tavsiflarini bilishni talab etadi. Hamma usullar shartli ravishda uchta asosiy guruhga boʻlinadi: soʻzdan foydalanish (soʻz) usullari, koʻrgazmali qabul qilish usullari (koʻrgazmali) va amaliy usullar. Oʻz navbatida, uchta guruhning har biri bir nechta usullardan tashkil topgan.

O‘qitish usullari



So‘zdan foydalanish usullari

Ko‘rgazmali
qabul qilish usullari

Amaliy usullar

Hikoya, ta’rif, suhbat, tushuntirish, tahlil qi-lish, ko„r-satma berish.

Plakatlar, kinogramma-lar, videoyozuvlarni ko„rsatish, namoyish qilish

Qat’iy tartib-
lashtirilgan mashqlar uslub-lari.
Qismlarga boʻlib oʻrganish. Butunligicha kombinatsiyani o„rganish.

Qisman tar-
tiblashtiril-gan mashqlar uslublari.
Oʻyin, muso-baqada kombinatsiya-larni qo„llash.

Oʻqituvchi tomonidan qoʻllaniladigan so„zdan foyda-lanish usullari butun o„quv jarayonini faollashtiradi, harakatlanishlar toʻgʻrisida yanada toʻliq hamda aniq tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu uslublar yordamida o„qituvchi oʻquv materialining oʻzlash-tirilishini taxlil qiladi va baholaydi.
Koʻrgazmali qabul qilish usullari oʻrganilayotgan harakatlarning koʻz bilan koʻrish va eshitish orqali qabul qilinishini ta’minlaydi.
Ko„rgazmali qabul qilish harakatlarni yanada tez, chuqur va mustahkam egallab olishga yordam beradi, o„rganilayotgan harakatlarga qiziqish uygʻotadi.
Amaliy usullar shugʻullanuvchilarning faol harakat faoliyatiga asoslangan. Ular shartli ravishda ikkita guruhga bo„linadi: qatiy va qisman tartiblashtirilgan mashqlar usullari. Harakat shakllari, nagruzka oʻlcham-lari, uning oʻsib borishi, dam olish bilan almashinib turilishi va boshqalarni qatiy tartiblashtirilgan holda harakatlarni koʻp marta takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning natijasida kerakli harakatlarni asta-sekin shakllantirib, alohida harakatlarni tanlab oʻzlashtirish imkoniyati tug„iladi.
Qismlarga boʻlib oʻrganish usuli dastlab harakatning alohida qismlarini o„rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun holiga birlashtirishni nazarda tutadi.
Butunligicha oʻrganish usuli yakuniy maqsadga qarab, harakat qanday koʻrinishda boʻlsa, uni shundayligicha oʻrganishni koʻzda tutadi.
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi oʻquv-chilar oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun harakatlarni nisbatan erkin tanlashga ruxsat beradi.
Oʻyin usuli harakatlarning qatiy tartiblashti-rilganligi, ularni bajarishdagi mumkin boʻlgan shart-larning yoʻqligi bilan tavsiflanadi; u ijodiy qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, mashgʻulotlarning koʻtarinki ruhda oʻtishini ta’minlaydi.
Musobaqa usuli maxsus tashkil qilingan musobaqa faoliyatini nazarda tutadi.
Bunday faoliyat ushbu holda oʻquv mashgʻulotlari samaradorligini oshirish usuli sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, oʻquv-trenirovka mashgʻulotlarida hamma sanab oʻtilgan usullar turlicha birikkan holda, andozali shakllarda emas, balki sport tayyorgarligining muayyan talablarini hisobga olib, oʻzgartirilgan shakllarda qo„llaniladi. Usullarni tanlashda shu narsaga e’tibor berish lozimki, ular oldinga qoʻyilgan vazifalar, umumiy didaktik tamoyillar, shuningdek, sport trenirovkasining maxsus tamoyillari, shugʻullanuvchilarning yosh xususiyatlari, ularning malakasi, jinsi va tayyorgarlik darajasiga qat’iy muvofiq boʻlishi shart.
Qoʻl toʻpi bilan muntazam shug„ullanishni 9-10 yoshdan boshlash mumkin. 11 yoshdan boshlab ikki bosqichda: 5-7 va 8-9-sinf o„quvchilari uchun «Umid nihollari» Respublika miqyosidagi musobaqalarda kuch sinashlariga keng yoʻl ochib berilgan.
Texnik usullarni tegishli taktik harakatlar bilan toʻgʻri va samarali qoʻsha bilish oʻrgatish usuliyatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Oʻrgatish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:

  1. Asosiy e’tibor texnik tayyorgarlikka qaratiladi. Texnik tayyorgarlik taktik tayyorgarlikdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin taktikaning asosi-shaxsiy harakatlar oʻyin texnikasining dastlabki takomillash-tirish jarayonida oʻrganiladi.

  2. Taktik tayyorgarlik negizida texnik usullarni takomillashtirishga e’tibor beriladi.

Usullarni yanada samaraliroq takomillashtirish maqsadida har bir gandbolchi uchun taktik harakatlarning eng qulay turlari qoʻllaniladi. Texnika va taktikani takomillashtirish bosqichidagi koʻp qirrali usuldan tashqari, qismlarga boʻlish usuli ham (yangi usullarni oʻzlashtirishda xatolarni tuzatish, usullarni bajarish tezkorligini va aniqligini yanada oshirish uchun) ishlatiladi.
Har bir usulni oʻrganishda ularning bosqichlarini koʻrib chiqish muhimdir. Chunki asosiy ahamiyatni oldin asosiy bosqichga ketish esa boshqa boʻlaklar va sportchining har xil tayyorgarligiga qaratiladi. Har qanday usulni o„rgatishda texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish ketma-ketligiga rioya qilish lozim:

  1. usul bilan tanishtirish;

  2. soddalashtirib usulni oʻrgatish;

  3. usullarni oʻyin holatiga yaqinlashtirib takomillashtirish;

  4. oʻrganilgan usullarni oʻyinda qoʻllash.

Oʻrgatilgan usul va harakatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni koʻrgazmali qurollardan foydalanilib, shugʻullanuvchilarda ushbu usullar toʻgʻrisida taassirot qoldirish zarur. Koʻrgazmali qurollardan qayta foydalanilganda (kinogramma, rasmlar, jadval, tasmalar), oʻrganilayotgan usul va harakatlarning ancha muhim boʻlaklariga ahamiyat beriladi.
Qoʻl toʻpi mashg„ulotining asosi-bu oʻyin. Oʻyindan tashqarida oʻrgatiladigan va takomillashtiriladigan har bir texnik usulga juda koʻp vaqt sarflanadi. Shuning uchun gandbolchilar usullarni soddalashtirgan holda oʻyin vaqtida o„rganadilar va takomillashtiradilar. Har bir mashg„ulotda ikki-uchdan ortiq usullarni o„rgatish tavsiya etilmaydi.


  1. Download 410.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling