3. Fosforli organik birikmalar o’zgarishi. O’simliklar oziqlanishidagi ahamiyati bo’yicha fosfor azotdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Fosfor tuproqda, o’simliklarda va mikroorganizmlarda, organik va anorganik birikmalar tarkibida uchraydi. Tuproqda fosfor har xil holatda bo’ladi. 1.Kaltsiy fosfatlar (apatit, oksiapatit, ftorapatit, fosforitlar) fosfat yoki temir oksifosfati (vivianit) holdagi birlamchi minerallar hamda uchraydi. 2. Har xil tuproqlardagi fosforning 25-28% ni organik shaklda uchrab, tuproq organik moddasining 0,5-2% gacha miqdorini tashkil etadi. Tuproqga fosfor o’simlik, hayvon qoldiqlari va minerpal o’gitlar orkali kiradi. qishloq xo’jalik o’simliklari tarkibida 0,05-0,5% fosfor bo’ladi. O’simliklarda ham hayvonlardagi kabi organik formada (fitin, fosolipidlar, NK, ATF va x.k.) mavjud bo’ladi. Azot, oltingugurtlar to’qimalarda qaytarilgan shaklda uchrasa, fosfor fosfatlar holida oksidlanishgan shaklda uchraydi.
Organik shakldagi fosfor parchalanishini Psevdomonas, Batsillus avlodiga mansub bakteriyalar, Penitsillium, Aspergillus, Rizopus, Trixotekium, Alternariya avlodi vakillari, aktinomitsetlar va boshqa mikroorganizmlar amalga oshiradilar. Organik moddalarni parchalanish jarayonida o’z hujayralarida ma’lum miqdorini olib qoladilar. Shuning uchun fosfor etishmaydigan tuproqlarga fosforning organik shaklini kiritishi o’simliklar fosforlik oziqlanishini yaxshilaydi.
4.Fosforli noorganik birikmalar o’zgarishi. Tuproqdagi anarganik fosforning ko’pchiligi erimaydigan shaklda bo’ladi. Apatit, oksiapatit, fosforit (neytral va ishqoriy reaktsiyali tuproqlarda uchraydi) alyuminiy va temir fosfatlar (kislotali tuproqda uchraydi) sh birikmalar jumlasiga kiradilar. Bu minerallar o’simlikga o’zlashtirilmaydi. Shuning uchun mikroorganizmlarga faoliyati ijuda axamiyatlidir. Chunki ular ana shu minerallarni o’simlik o’zlashtiradigan xolatga aylantirib beradilar. Bunday mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinomitsitlar, zamburuglarni Pisevdovmonas, Betsilllus, Mikrokokus, Muobakterium, Penitsellium, Aspergilus avlodi vakillari kiradilar. Fosforning menerallari parchalanishi tuproqda SO2 va xar xil kislotalar xosil bo’lishi bilan yuoglangandir. Tuproqda mikroorganizmlar nafas olishi, bichgish jarayonlaridan ajralib chiqan SO2 fosfatlarni eruvchan gidro fosfatlarga aylantiradi va ularni o’simliklar o’zlashtiradilar. Ba’zi xolatlarda fosfatlarni nitrifikattsiyalovchi bakteriyalar faoliyati natijasida xosil bo’lgan nitrit kislota xam eruvchan xolatga aylantirib bera oladilar. Bularning xammasi o’simlikka fosforining o’zlashtirilishini yaxshilaydi, o’sishi rivojlanish kuchayib xosildorlik oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |