Metodik birlashmaalr metodik birlashmalar faoliayati metodik birlashmalar va ularning faoliayatinin tashkil etish yo
- Variant 1.Pedagogik fanlar tizimi.Pedgogikani boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 54.43 Kb.
|
METODIK BIRLASHMALAR VA ULARNING FAOLIAYATININ TASHKIL ETISH YO\'LLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsga qo’yiladigon talablar.
4- Variant
1.Pedagogik fanlar tizimi.Pedgogikani boshqa fanlar bilan aloqasi.Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularni moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.10. – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi. Pedagogika fanlar tizimi. Pedagogika fanining tadqiq qilish ob’ekti, va u o‘rganadigan sohalari yildan-yilga ortib, kengayib va rivojlanib bormoqda. Natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda va mustaqil soha sifatida o‘rganilmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb nomlanadi.Pedagogika fanini ulkan katta daraxtga qiyoslash mumkin.Har bir fan o‘z rivojlanishida, o‘z nazariyalarini boyitadi, o‘zining ichki amaliy yo‘nalishlariga tayanib takomillashib boradi.Hozirgi vaqtda pedagogika fani o‘z fanlari tizimida: Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta’lim-tarbiya, ma’lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi). Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta’lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi). 1.Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o‘quvchilar ta’lim-tarbiya sohasining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi).2.Maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalashning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi). 3.Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta’lim tarbiyasi, pedagogik g‘oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o‘rganadi). 4.Maxsus pedagogika (DefektologiY. Bu quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) kar-soqov bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan surdopedagogika; 2) ko‘zi Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalasi bilan tiflopedagogika; 3) axloq jihatdan qoloq bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan oligofrenopedagogika; 4) duduq va tili yassi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan esa logopediya shug‘ullanadi). 5.Metodika (ta’limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini, usullarini tadqiq qiluvchi sohasi).6.Oila pedagogikasi (oila muhiti, a’zolari, sharoiti, ta’lim tarbiyasining umumiy masalalarini o‘rganadi). 2.Darsga qo’yiladigon talablar. Download 54.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling