Metodik qo`llanma


Mavzu: O`zbek bolalar adabiyotida milliy uyg`onish


Download 156 Kb.
bet4/13
Sana21.04.2023
Hajmi156 Kb.
#1368625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`zbek bolalar adabiyoti

Mavzu: O`zbek bolalar adabiyotida milliy uyg`onish
g`oyalari talqini
Amaliy mashg`ulot rejasi

  1. Jadid adabiyotida ta’lim-tarbiya masalasining yoritilishi.

  2. Milliy ta’lim-tarbiya va bolalar adabiyoti.

  3. “Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi” darsliklarida tarbiya masalasi.

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Jadid adabiyotiga xos bo`lgan qaysi asarlarda ta’lim-tarbiya masalasi yoritilgan? XX asr boshlarida yaratilgan ko`pgina asarlarda ta’lim-tarbiya masalasi asosiy o`ringa ko`tarilganligining sababini tushuntiring.
2. Behbudiyning “Padarkush” dramasida Toshmurodning o`z otasi qotiliga aylanishiga nima sabab bo`ldi?
3. Hamza kichik maktab yoshidagi bolalarga atab qanday darsliklar yaratgan?
4. “Yengil adabiyot” darsligiga kiritilgan “To`g`ri so`z bola” she’rini o`qing va tahlil qiling. Barcha narsa pul va boylik bilan o`lchangan jamiyatda hamma narsadan to`g`ri so`zni ustun qo`ygan bola obraziga e’tibor qarating.
5. Hamzaning “O`qish kitobi” deb nomlangan ikkinchi darsligida qaysi o`quv quroli “Qoradir garchi izi, nuri haqiqatdir o`zi” deb ta’riflangan? Misra mazmunining tarbiyaviy ahamiyati haqida nima deya olasiz?
6. Ba’zi mutaxassislar Hamzaning “Yengil adabiyot”, “O`qish kitobi” hamda “Qiroat kitobi” darsliklarini badiiy adabiyot namunalari sifatida ham tadqiq etishni tavsiya etadilar. Buning sababi nimada?


Mavzu: “Turkiy guliston yoxud axloq”
asarida tarbiya masalasi
Amaliy mashg`ulot rejasi:
1.“Turkiy guliston yoxud axloq” asarida yaxshi va yomon xulqlar haqida.
2. Asarda bola tarbiyasi masalasining yoritilishi.
3. Fikr va axloq tarbiyasi haqida.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Ma’lumki, fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning “Bo`ston” va “Guliston” asarlari yuzlab yillar davomida eski maktablarda asosiy darslik vazifasini o`tagan. Bu asarlarning kimlar tomonidan qilingan tarjimalarini bilasiz?
2. So`zing bo`lsa kumush, jim turmak oltun,
Misi chiqg`ay so`zing ko`p bo`lsa bir kun, – misralarining ma’nosini tushuntiring va baytda qo`llanilgan badiiy san’at turiga e’tibor qiling.

  1. Asarda berilgan

Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lgusi zolim.
Yomonlarga qo`shuldi Nuhning o`g`li, bo`ldi beimon,
Yururdi Kahf iti xo`blar ila, bo`ldi oti inson, – misralarining mazmunini izohlang.
4. Avloniy qaysi tarbiya turini “..muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur”, – deb ataydi?
5. Abdulla Avloniyning “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; yo saodat, yo falokat masalasidir” , – degan fikrlarni izohlang.
6.Abdulla Avloniy qaysi asari haqida “Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar o`lur adabiyot muhiblari – axloq havaskorlarining e’tiboriga taqdim qildim”, - deb yozadi? Sababini tushuntirishga harakat qiling.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling