Metodik qo`llanma
Mavzu: O`zbek bolalar adabiyotida milliy uyg`onish
Download 156 Kb.
|
portal.guldu.uz-O`zbek bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
- Mavzu: “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida tarbiya masalasi Amaliy mashg`ulot rejasi
Mavzu: O`zbek bolalar adabiyotida milliy uyg`onish
g`oyalari talqini Amaliy mashg`ulot rejasi Jadid adabiyotida ta’lim-tarbiya masalasining yoritilishi. Milliy ta’lim-tarbiya va bolalar adabiyoti. “Yengil adabiyot”, “Qiroat kitobi” darsliklarida tarbiya masalasi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Jadid adabiyotiga xos bo`lgan qaysi asarlarda ta’lim-tarbiya masalasi yoritilgan? XX asr boshlarida yaratilgan ko`pgina asarlarda ta’lim-tarbiya masalasi asosiy o`ringa ko`tarilganligining sababini tushuntiring. 2. Behbudiyning “Padarkush” dramasida Toshmurodning o`z otasi qotiliga aylanishiga nima sabab bo`ldi? 3. Hamza kichik maktab yoshidagi bolalarga atab qanday darsliklar yaratgan? 4. “Yengil adabiyot” darsligiga kiritilgan “To`g`ri so`z bola” she’rini o`qing va tahlil qiling. Barcha narsa pul va boylik bilan o`lchangan jamiyatda hamma narsadan to`g`ri so`zni ustun qo`ygan bola obraziga e’tibor qarating. 5. Hamzaning “O`qish kitobi” deb nomlangan ikkinchi darsligida qaysi o`quv quroli “Qoradir garchi izi, nuri haqiqatdir o`zi” deb ta’riflangan? Misra mazmunining tarbiyaviy ahamiyati haqida nima deya olasiz? 6. Ba’zi mutaxassislar Hamzaning “Yengil adabiyot”, “O`qish kitobi” hamda “Qiroat kitobi” darsliklarini badiiy adabiyot namunalari sifatida ham tadqiq etishni tavsiya etadilar. Buning sababi nimada? Mavzu: “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida tarbiya masalasi Amaliy mashg`ulot rejasi: 1.“Turkiy guliston yoxud axloq” asarida yaxshi va yomon xulqlar haqida. 2. Asarda bola tarbiyasi masalasining yoritilishi. 3. Fikr va axloq tarbiyasi haqida. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Ma’lumki, fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning “Bo`ston” va “Guliston” asarlari yuzlab yillar davomida eski maktablarda asosiy darslik vazifasini o`tagan. Bu asarlarning kimlar tomonidan qilingan tarjimalarini bilasiz? 2. So`zing bo`lsa kumush, jim turmak oltun, Misi chiqg`ay so`zing ko`p bo`lsa bir kun, – misralarining ma’nosini tushuntiring va baytda qo`llanilgan badiiy san’at turiga e’tibor qiling. Asarda berilgan Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzulsa xulqi, Luqmon o`g`li bo`lsa, bo`lgusi zolim. Yomonlarga qo`shuldi Nuhning o`g`li, bo`ldi beimon, Yururdi Kahf iti xo`blar ila, bo`ldi oti inson, – misralarining mazmunini izohlang. 4. Avloniy qaysi tarbiya turini “..muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur”, – deb ataydi? 5. Abdulla Avloniyning “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; yo saodat, yo falokat masalasidir” , – degan fikrlarni izohlang. 6.Abdulla Avloniy qaysi asari haqida “Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar o`lur adabiyot muhiblari – axloq havaskorlarining e’tiboriga taqdim qildim”, - deb yozadi? Sababini tushuntirishga harakat qiling. Download 156 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling