4
1
KIRISH
Ushbu metodik qo‘llanma Jizzax shahrida transport
va transport-ijtimoiy
so‘rovlarini rejalashtirish va o‘tkazish, tadqiqot hududining transport holatini tahlil
qilish uslublari to‘g‘risida bo‘lib, unda aholining transport hatti-harakatlarini (afzal
ko‘rishlari va moyilliklarini) aniqlash,
shuningdek, shahar yo‘lovchi transportida
xizmat ko‘rsatish sifatini ma’muriy hududlar, kunning vaqti va korrespondentsiyalar
turi bo‘yicha baholash maqsadida aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish
uslubiyati keltirilgan.
Aholining transport hatti-harakatlarini (afzal ko‘rishlari va moyilliklarini)
aniqlash, shuningdek, shahar yo‘lovchi transportida xizmat ko‘rsatish
sifatini
ma’muriy hududlar, kunning vaqti va korrespondentsiyalar turi bo‘yicha baholash
maqsadida aholi o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkaziladi. Ijtimoiy so‘rovlar Jizzax
shahri uchun eng kamida 2000 respondentdan iborat
tanlangan aholi qatlamlari
o‘rtasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy so‘rovlar natijasida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
(jamoat transporti faoliyatidan qoniqish darajasini va transport harakatining
parametrlarini baholash —
harakatchanlik, jo‘nash vaqti, safar maqsadlari va
transport turlari kesimida harakatlanish uchun sarflangan vaqt) orqali Jizzax shahar
aholisining mobil qatlamining shahar jamoat transportidan foydalanish darajasi va
xizmat ko‘rsatish sifati to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.