Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Key words: Modern lesson, intellectual education, Perfect generation, 
history, didactics, Rebus, game technology, Blitz game. 
Hozirgi globallashuv sharoitida ta’lim jarayoni o‘quvchini har tomonlama 
rivojlantirish, unda komillik va zamonga xos malakali mutaxassis sifatlarni 
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi aksilratsion jarayonda o‘quvchilarni 
qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan taminlash, ular tomonidan fan 
asoslarini chuqur o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni davr 
taqozo etmoqda. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga 
ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy 
fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashda turli xil ta’lim metodlaridan foydalanish 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangi 
pedagogik 
texnologiyalarni 
o‘qish jarayoniga tatbiq etish 
o‘qituvchilarning uslubiy tayyorgarligini mukammal bo‘lishiga olib keladi. Yangi 
pedagogik texnologiyalarga amal qilish qilish o‘qituvchidan o‘zining ixtisosligi 
bo‘yicha keng miqyosda bilimlarga ega bo‘lishini, shu bilimlarini o‘qish 
jarayonida tatbiq qilishni talab etadi. Zamonaviy dars talablariga mos ravishda 
xilma-xil dars turlaridan sinov, suhbat, seminar, test, bahs-munozara dars 
usullaridan o‘rinli foydalanishlari zarur[7].
An’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib 
kelingan edi. Bunday usul o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish
tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va 
standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri 
keldi [1.3]. Hozirgi paytga kelib ta’lim muassasalarida xususan, maktablarda 
o‘qitishning turli metod va usullarida foydalanish o‘zining samarali jihatlarini 
namoyon etmoqda. Shu o‘rinda dastlab didaktik o‘yin turlari haqida tushunchaga 
ega bo‘lib olishimiz lozim.
Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari intellektual (aqliy) va harakatli hamda 
aralash o‘yinlardan iborat. O‘qituvchi-didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar o‘tkazishda 
qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya 
etishi talab etiladi: 
1. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar dasturida qayd qilingan mavzularning 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga 
qaratilgan bo‘lishi; 
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular 
o‘yin davomida hal qilinishi
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillari va sharqona odob-ahloq 
normalariga mos kelishi; 
4. O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi; 
5. Mashg‘ulotlar vaqtida tarixiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng 
kam vaqt sarflanishiga erishish lozim [3]. 
Maktablarda tarix fanini o‘rgatish va o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqishni 
uyg‘otish va aqliy salohiyatini shakllantirish hamda ularda ijodiy va mantiqiy 
fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilishda intellektual o‘yinlardan foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi [2]. 
Intellektual o‘yinlar pedagogik o‘yinlarning faoliyat mohiyatiga ko‘ra turiga 


80 
kiradi. O‘yin metodikasiga ko‘ra guruhlangan o‘yin texnologiyalari didaktik 
o‘yinlar, syujetli o‘yinlar, rolli o‘yinlar, ishbilarmonlik o‘yinlari, imitatsion 
o‘yinlar, dramatik o‘yinlar kabi guruhlarga bo‘linadi [5.60].
O‘yinli 
texnologiyalardan 
foydalanishning 
asosini 
talabalarning 
faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar 
tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy 
turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning 
psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini 
barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning 
fundamental ehtiyojlariga tayanadi [4].
O‘yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ 
tafakkurini o‘stiradi. Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o‘yinlar o‘yin 
texnologiyalari deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari (o‘yin ta’limi) – ijtimoiy 
tajribalarni o‘zlashtirishning barcha ko‘rinishlari: bilim, ko‘nikma, malaka hamda 
hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo‘naltirilgan shartli o‘quv 
vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) 
turlaridan biri [5. 58]. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling