Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Kalit so‘zlar: Ustrushona, Turon, G‘allaorol, Etnonim, Qang‘li, To‘shbuloq, 
Karizquduq, Turk. 
Аннотация: В данной статье на историко-научной основе 
анализируется формирование этнических единиц Галларольского района, 
который считается одним из древних уголков Узбекистана. 
Ключевые слова: уструшона, туран, галлаорол, этноним, канглы, 
тошбулок, кяризгудук, тюрк. 
Abstract: In this article, the formation of ethnic units of Ghallarol district, 
which is considered one of the ancient corners of Uzbekistan, is analyzed on a 
historical and scientific basis. 
Key words: Ustrushona, Turan, Gallaorol, Ethnonym, Kangli, Toshbulok, 
Karizguduq, Turk. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani rivojlanishning yangi 
bosqichiga ko‘tarildi va ijtimoiy tarix bilan bog‘liq tadqiqotlar ko‘lamining 
kengayishiga olib keldi. “Hаr qаndаy svilizаtsiyа ko‘plаb millаtlаr, хаlqlаr, elаtlаr 
hаrаkаtining vа sezilаrli tа’sirining mаhsulidir. Qisqа qilib аytgаndа, bosqinchilаr, 
ko‘chmаnchilаr kelib ketаverаdi, аmmo хаlq boqiy bo‘lib qolаverаdi, uning 
mаdаniyаti, tarixi аbаdiy yаshаydi [1.4]. O‘zbekistoning qadimiy go‘shalaridan 
hisoblangan G‘allarol tumani ham o‘zing tarixiy rivojlanish bosqichini bosib 
o‘tgan bo‘lib, mintaqada etnik birliklarning shakllanish jarayoni ham kuzatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining Jizzax viloyati tarkibidagi G‘allaorol tumani 
1926-yil 29-sentbrda tashkil etilgan bo‘lib, 1931-yilgacha Yangiqo‘rg‘on nomi 
bilan atalgan. G‘allaorol tumani Jizzax viloyatining g‘arbiy, janubi-g‘arbiy qismida 
joylashgan. Shimoldan Forish, sharqdan Jizzax, janubdan Baxmal tumanlari, 
g‘arbdan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani bilan chegaradosh. Maydoni 
1969 kvadrat kilometr. Аholisi 175,7 (2021-yil 1-aprel) ming kishini tashkil qiladi. 
Tarixiy manzilgohlardan Nurtepa madaniyatni taʼsirida mil. avv. VI asrda 
vujudga kelgan Mugʼtepa (Kiropol), Kurkatdagi Shirin, Savatdagi Xontepa, 
Sogʼanoqtepa I, II kabi o‘zida shahar belgilarini mujassam qiluvchi yirik 
manzilgohlar uchun xarakterlidir. Ularda aniqlangan yerto‘la, yarim yerto‘la va yer 
usti inshootlari bu yerda aholining o‘troqlashuv jarayoni ancha erta 
boshlanganligidan dalolat beradi. 
Etnonimlar ko‘pincha qadimiy, ko‘hna so‘zlardan tashkil topganligi bois, 
ularni tilning hozirgi holati bilan izohlashni iloji yo‘q. Shuni ham qayd qilish
kerakki, etnooykonimlar tuman aholisining tarixiy shakllanishi, taraqqiyoti, 
xalqlarining qadimiy munosabati, intefatsiya va mifatsiyasi o‘rganishda muhim 
manba hisoblanadi. 


67 
Xitoy yuzi qishlog‘i G‘allaorol tumanidagi “Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar 
yig‘iniga tarkibidagi qishloq bo‘lib, tumanning janubiy-g‘arbiy qismida, tog‘dan 
Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy tumanlari bilan chegara hududda, 
G‘o‘bdin tog‘i etaklarida joylashgan. Suhbatdoshimiz Ravshanov Hazratqul 
otaning fikrlariga ko‘ra ushbu urug‘ vakillari Zomin tumanidan kelgan yuz 
urug‘ining shahobchasidir. Yana bir taxminlariga ko‘ra karvon yo‘lida joylashgan 
ushbu qishloqdan Xitoylik savdogarlar yurishgan hamda Xitoy izi ma’nosini 
anglatadi. Qishloq nomlanishining yana bir varianti xususidagi taxminga ko‘ra 
Xito va yuz urug‘idan kelib chiqqan [2. 2].
Turk qishlog‘i G‘allaorol tumanining g‘arbiy qismida Samarqand viloyatining 
Payariq, Qo‘shrabot tumanlari bilan chegara hududda joylashgan qishloq bo‘lib, 
“Jiydali” qishloq fuqarolar yig‘ini tarkibiga kiradi. Bu qishloqning hozirgi joyi 
ilgarigisidan biroz sharqroqda joylashgan. Kunbotar tomondagi tog‘liklar 
yonbag‘irlarida Mallabuloq deb nomlangan buloq bo‘lib, qishloq nomi ham 
Mallabuloq deb atalgan. Hozirgi qishloq o‘rni soylikda joylashgan bo‘lib, 
ko‘lmaklardan iborat hudud bo‘lgan. Bu tomonga (ko‘lmak tomonga) o‘tish uchun 
juda katta oraliqda faqatgina ikkita o‘tadigan joy bo‘lgan. Ulaming biri 
“jotiq”(yotiq) ikkinchisi “Toshkechuv” deb nomlangan. Bu ikkita o‘tish joyi 
oralig‘ida ya’ni ko‘lmaklardan iborat bo‘lgan joyda hozirgi kunda ko‘plab 
qishloqlar joylashgan. Ularni shimoldan janubga tomon sanaydigan bo‘lsak 
quyidagi qishloq nomlari kelib chiqadi: Jarbuloq, Gulchambar, Anoyi, Sho‘rcha, 
Beshkal, Turk, Qoratosh, Oq qovun (Qizil kuch, Ramazon) Juma va yondosh 
bo‘lgan barcha mayda qishloqchalar. Bu qishloqlar aholisini o‘zbeklarning 
Turkman, Boysun-Qo‘ng‘irot, Turk, Jiydali-Qo‘ng‘irot urug‘i vakillari tashkil 
etishadi [2. 5]. 
Qang‘li G‘allaorol shahrining janubiy-sharqiy tomonida joylashgan Qang‘li 1 
va Qang‘li 2 deb nomlangan qishloqlarda istiqomat qiluvchi xalq vakillaridir. Bu 
qishloq bugungi kunda D. Yo‘ldoshev nomli jamoa xo‘jaligi tarkibiga kiradi. 
Mahalla 
oqsoqollarining 
aytishlaricha, 
qang‘lilarning 
Jizzaxga 
kelib 
o‘troqlashganlari uzoq zamonlarda ro‘y bergan. Axborotchi Ergashboy ota 
Begaliyevning ma’lumotiga ko‘ra, qang‘liliklaming ajdodlari Jizzax o‘rdasining 
ichidagi mahallada istiqomat qilishgan. Mahalla, qo‘y bozorining yaqinida bo‘lgan 
U davrlarda qang‘lilar asosan chorvachilik (qo‘raga qamab boqish usulidagi - A.P.) 
va qisman dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan [3. 167] 
“Qang‘li” so‘zining kelib chiqishi va etimologiyasi haqida ham turli fikrlar, 
afsona va rivoyatlar, ma’lumotlar mavjud. Xususan, XIII asming ikkinchi yarmida 
yashab o‘tgan tarixchi Rashid - ad - din “qang‘li” so‘zining kelib chiqishini 
afsonaviy shaxs O‘g‘uzxon bilan bog‘laydi. Rashid-ad-din tomonidan keltirilgan 
rivoyatga ko‘ra, O‘g‘uzxon o‘z urug‘ - aymoqlari bilan urushib ulami yengan va 
katta o‘ljani ko‘lga kiritgan. Ushbu o‘lja, boylik shu darajada ko‘p bo‘lganki, 
ulami o‘z qarorgohiga tashitish uchun xon aravalar yasatgan. Arava turkiyda 
“qang‘li” so‘zi bilan ifodalangan [4. 82] 
Ushbu voqeadan keyin O‘g‘uzxon va uning yor-birodarlari qang‘li nomi bilan 
atalganlar. Qang‘lilaming barchasi ulaming avlodlari hisoblangan. Abulg‘oziy 
Bahodirxon (1644-1664 y) ham qang‘li so‘zining kelib chiqishini O‘g‘uzxonning 


68 
harbiy yurishlari bilan bog‘lab, quyidagilami yozadi: “O‘g‘uzxon borib Tatarni 
chobti ... lashkarini qirdi. O‘g‘uzxonning lashkarining qo‘lina ul choqli o‘luk mol 
tushdi kim, yuklamakka kuluk ozlik qildi. Bir yaxshi chibar kishi bor edi. Ul fikr 
qilib arabani yasadi. Andin ko‘rmakcha barcha araba yasadilar. Mollarini yuklab 
(aravaga 1 A.P.) qaytdilar. Arabag‘a qaniq deb ot qo‘ydilar. Andin ilgari oti-da 
yo‘q yerdi, o‘zida yo‘q yerdi. Aning uchun qaniq tedilar kim, yuruganda qaniq-
qaniq qilib ovoz kelur, ani yasagan kishini qaniqli tedilar. Barcha qaniqli eli ul 
kishining o‘g‘lonlari turur” [5. 3].
Koriz quduq qishlog‘i G‘allaorol tumanining g‘arbiy qismida joylashgan. 
Koriz quduq qishlog‘i tarixi taxminan 350-400 yil oldin paydo bo‘lgan. 
Ma’lumotchimiz 50 yoshli Safar aka Siddiqovning aytishicha bugungi kunda 
qishloqda istiqomat qiluvchi aholi vakillari 350-400 yillar muqaddam Zomin 
tumanining Laylakuya qishlog‘idan ko‘chib kelishgan [6]. 
To‘shbuloq qishlog‘i G‘allaorol tumanidagi “Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar 
yig‘iniga tarkibidagi qishloq bo‘lib, tumanning janubiy-g‘arbiy qismida, tog‘dan 
Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy tumanlari bilan chegara hududda, 
G‘o‘bdin tog‘i etaklarida joylashgan. Tuyoqli urug‘iga mansub bo‘lgan ushbu 
qishloq vakillaridan biri, hamsuhbatimiz 70 yoshli Muhammadiyev Safar otaning 
ta’kidlashicha Buxoro xoni Abdullaxon II davrida Surxondaryodan chiqib 
Panjikentning Zarafshon daryosi bo‘yidagi Ko‘ktosh qishlog‘iga ko‘chib borishadi. 
Keyinchalik urug‘ning bir qismi Panjikentdan chiqib ketib Jomboy tumanining 
Qoraqasmoq, Bulung‘ur tumanining Jingichka (Ingichka) qishlog‘iga, yana bir 
qismi esa G‘o‘bdin tog‘i etaklaridagi Qoraovuz (Qorahovuz) qishlog‘iga ko‘chib 
kelishgan (chorvachilik maqsadida mual). Qoraovuz qishlog‘i hozirgi Qayrag‘ochli 
qishlog‘i yonida bo‘lgan. Keyinchalik o‘troq turmush tarzi qulayligi tufayli hozirgi 
Safarbuloq qishlog‘i yuqorisidagi Kattaqishloq deb ataluvchi Iqishloqqa ko‘chib 
kelishgan. Tabiiy tuzilishiga ko‘ra bu hududdagi tog‘lar qaddini(ko‘kragini) g‘oz 
tutib turganga o‘xshab ko‘rinadi va shu tog‘lardan ko‘plab buloqlar chiqib turadi. 
Chorvador aholi tilida “ko‘krak” so‘zi “to‘sh” Iso‘ziga almashtirib ishlatiladi. Shu 
sababli ham tog‘ning bunday qismidan ya’ni “to‘sh” qismidan chiqib turgan 
buloqlar tufayli qishloq nomi ham to‘shdan chiqayotgan buloq ma’nosida 
To‘shbuloq deb nomlanadi. Bu qishloqqa ko‘chib kelganlaming bugungi kunda 
o‘n birinchi avlodi yashab kelmoqda. Qishloqning qadimiyligini mana shu fakt 
bilan izohlab o‘tish lozim [7]. 
So‘ngi yillarda O‘rta Osiyo xalqlari tarixini organish, milliy xalqlar tarixini 
haqqoniy va xolisona yoritishda etnologiya fani yangi va qimmatli maʼlumotlar 
bilan yanada boyidi. Bu esa O‘rta Osiyo hududi aholisining etnik shakllanishi, bu 
hududdagi migratsiya jarayonlari haqida yanada chuqurroq malumotlar olishga 
xizmat qiladi.
Shu ma’noda Ustrushona davlati tarkibiga kirgan Jizzax vohasi va xususan 
G‘allaorol tumani hududlari ham Turon zaminining qadim va o‘rta asr tarixida 
muhim o‘rin egallagan, faol ishtirok etgan bir bo‘lagi hisoblanadi. Vohaning tog‘ 
va tog‘oldi mavzelari qadimdan aholi zich joylashgan madaniy o‘lkalar qatoriga 
kirgan. Ko‘plab chashma, buloq, soy va daryolar havzasida hosil bo‘lgan katta 
kichik bu vohalarda lalmikorlikdan tashqari sun’iy sugʼorish tizimlariga 


69 
asoslangan dehqonchilik va o‘troq hayot ancha qadimdan boshlangan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling