Metodikalari kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/188
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816877
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188
Bog'liq
41982 1 BAAE6687448A24815B9D87290D6795C37E2EA845

Key words: Ustrushona, Jizzakh, Chinese chronicle, "Bey-shi", Ibn Havqal, 
"Hudud al-Olam", metallurgy, Marsmand, Mink. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi yillarda ilm-fan 
sohasini yanada kengroq tadqiq etish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, turli 
fan sohalari qatori tarix sohasida ham ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga 
oshirilmoqda. Ushbu izlanishlar natijasida Markaziy Osiyoning ko‘plab tarixiy 
vohalarga oid yangidan-yangi yozma va arxeologik manbalar chuqurroq tahlil 
etilmoqda. Natijada, tadqiq etilgan manbalar asosida turli hududlarning ishlab 
chiqarish sohalariga doir tarixiy yangi ma’lumotlar yuzaga chiqa boshladi. 
Markaziy Osiyoning turli mintaqalari qatori Jizzax vohasida ham tog‘-konchilik 
tarmog‘i o‘zining tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega hisoblanadi. 
Jizzax vohasi ilk o‘rta asrlardan ma’lum davr mobaynida Ustrushona


70 
Suduyshona, Asrushana, Surushana kabi nomlar bilan atalib kelingan mintaqa 
tarkibiga kirgan. Beyshi va Suyshi kabi xitoy yilnomalarida bu hududni Sharqiy 
Sao (suvi yo‘q) deb yuritilgan [1. 5]. Mintaqadan Buyuk Ipak yo‘lining o‘tishi turli 
sohalar jumladan, tog‘-konchilikning taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Dastlabki 
davrlarda tog‘-konchilik munosabatlari rivojlanishiga ma’lum ehtiyojlar sabab 
bo‘lgan. Qadimgi makonlarni mehnat qurollari yasaladigan turli toshlar va boshqa 
xom ashyo zahiralari masalan yog‘och mahsulotlari mavjud joylar bilan bog‘lovchi 
yo‘llar ham ilk aloqa yo‘llari tizimida katta o‘rin tutgan. Mustahkam ammo oson 
ishlov beriladigan, turli shakl va xajmdagi mehnat qurollari yasash uchun qulay 
tosh turlariga oxaktosh, chaqmoqtosh, qayroqtosh va shu kabi mahsulotlarga 
ehtiyoj ibtidoiy konchilikka asos solib, ibtidoiy kishilarning yangi hududlarni 
egallab borishiga va makonlarni konlar bilan bo‘g‘lovchi ilk aloqa yo‘llari 
tarmoqlarining kengayishiga sabab bo‘ldi. [2. 10]
Jizzax vohasining iqtisodiy hayotidagi tog‘-kon sanoatiga oid tarixiy 
manbalarga maqola yuzasidan umumiy holatda 3 xil turdagi yozma materiallarni 
asos qilib olish o‘rinli deb hisoblaymiz. Jumladan, birinchi turga ilk o‘rta asrlarni 
qamrab oladigan Xitoy solnomalari va tarixiy xujjatlarini, ikkinchi manbalarga 
asosan arab va fors mualliflarining rivojlangan o‘rta asrlarga oid qimmatli 
ma’lumot beruvchi tarixiy asarlarini hisobga olish o‘rinli, uchinchi tur yozma 
manbalarga XX-XXI asrlarda voha hududida olib borilgan arxeologik ekspeditsiya 
va qazuv ishlari natijasida yaratilgan ilmiy izlanishlar natijalarini olishimiz muhim.
Ilk o‘rta asrlar Jizzax vohasi va undagi tog‘-konchilik munosabatlari 
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni Xitoy xukmdorlari tomonidan yozdirilgan 
solnomalardan olishimiz mumkin. Dastlabki ma’lumotlarni Sima-Syanning tarixiy 
qaydnomalaridagi 
nisbatan 
qisqa 
holatda 
uchratish 
mumkin. 
Xitoy 
tarixnomalaridan Ban-Gu tomonidan yozilgan “Ulug‘ Xan xonadoni tarixi – Syan-
xanshu” asarida ustrushonaliklarning tili, dini, turmush tarzi va xo‘jaligi, urf-odat, 
marosimlari haqida qimmatli manbalar berilgan. Li Yan-shouning “Shimoliy 
xonadonlar tarixi” – Bey-shi 97-bobida voha “Suduyshona” shaklida berilib, ushbu 
mamlakatda qazib olinayotgan oltin, temir, oniks madanlari, Desi ruhiga 
sig‘inuvchi aholining turmushi, hayot tarzi haqida ilk bebaho materiallar berilgan 
[3. 13-14]. Ushbu tarixiy solnomaning ahamyatli jihatlaridan yana biri hududning 
lokatsiyasiga oid bo‘lgan ma’lumotlar ham berilgandir. Jumladan, Xitoy xronikasi 
“Bey-shi” da Mi (Maymurg‘) viloyatining sharq tomonida joylashgan tog‘lardan 
ko‘p miqdorda temir rudasi qazib olingan. Ustrushonashunos olimlar fikricha, 
ushbu manzil Ustrushona hududidagi Turkiston tog‘lariga to‘g‘ri keladi [4. 118].
O‘rta asrlar davrida Jizzax vohasining tog‘-konchilik sohasi taraqqiy eta 
boshlaydi. Bu vaqtga kelib vohadan turli xildagi madanlar qazib olingan va 
xo‘jalik hamda iqtisodiy hayotda ishlatilishi uchun kerakli buyum va jihozlar 
yasalgan. Al-Muqaddasiyning yozishicha, Ustrushonadan Xuttalga boradigan tog‘ 
yo‘li yoqasidagi konlardan ham oltin qazib olingan. Ushbu muallif Ustrushonaga 
qarashli Xasht shahri yaqinidan, shuningdek, Buttamdan kumush ham qazib 
olingani haqida xabar beradi. Ba’zi ustrushonashunoslar, jumladan, M.H.Pardayev, 
J.I.G‘ofurovlar ham Xasht shahri hozirgi Eski Xovos shahar yodgorligi (Xovos 
tumani) o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan, deb hisoblaydi. [3. 190] 


71 
O‘rta asrlarda Ustrushona tarixiga doir bir qator ishonchli arab va fors 
mualliflari tomonidan yozilgan asarlar mavjud. Jumladan, Ustrushonaning o‘rta 
asrlarda tog‘-konchilik sohasi taraqqiyoti haqida dastlabki ma’lumotlarni muallifi 
noma’lum bo‘lgan “Xudud al-olam” dan olishimiz mumkin. Ushbu manbada 
mintaqa tog‘li xududlaridan temir rudasi qazib olinganligi xususida ma’lumotlar 
keltirilgan. Shu bilan bir qatorda Jarir at-Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk”, 
Jabir al-Balazuriyning “Kitob futuh al-buldan”, Al-Istahriyning “Kitob al-masalik 
as-mamalik”, Abu Ziyod al-Balxiyning “Suvar al-aqolim”, Abul Qosim ibn 
Xavqalning “Kitob al-masalik va-l-mamalik”, Abu Abdulloh al-Muqaddasiy 
qalamiga mansub “Aqsan at-taqasim fi ma’rifat al-aqalim”, Abu Bakr al-
Hamadoniyning “Kitob al-buldon”, Abul-Qosim ibn Xordadbehning “Kitob al-
masalik va-l-mamalik”, Abu Faroj Qudamaning “Kitob al-xaraj”, Abu Ahmad ibn 
Rustaning “Kitob al-a’lak an-nafisa”, Jafar al-Yoqubiyning “Kitob al-buldan” kabi 
asarlarda Ustrushona mamlakati tarixi, geografiyasi, ijtimoi-iqtisodiy va siyosiy 
hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan [3. 20-21]. Shuningdek, yuqorida 
nomlari keltirilgan yozuvchilar asarlarida keltirilishicha Ustrushonada tog‘-kon 
ishlari, rudani qayta ishlash va eritish, metalldan qishloq ho‘jalik qurollari va uy-
ro‘zg‘or buyumlari, harbiy aslahalar yasash, to‘qimachilik (paxta-ip, ipak, jun, tivit 
matolar), kulollik, yog‘ochsozlik, teri va charmdan tikiladigan ashyolar, suv 
tegirmonchiligi, 
zargarlik 
keng 
miqyosda 
qo‘llanilgan 
va 
rivojlangan. 
Ustrushonada ham hunarmandchilikning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ularning 
ayrim sohalari bo‘yicha – Bunjikat, Mink, Marsmand, Zomin, Dizak, 
Munchoqtepa, Sabat ixtisoslashgan markazlar sifatida faoliyat ko‘rsatgan. [3. 191]
Ibn Xavqal qalamiga mansub “Kitob al-masalik va-l-mamalik” asarida 
Ustrushonaning Mink rustoqi va uning yaqinidagi Marsmand mavzeida qazib
olinadigan temir rudasi va undan tayyorlanadigan harbiy qurollar haqida xabar
beradi [4. 118]. 
XX asrga kelib tarix sohasi taraqqiy eta boshladi, jumladan tarixning 
arxeologiya sohasi rivojlanib, tarixda mavjud bo‘lgan lekin vaqt o‘tishi bilan 
unutilgan ko‘plab osori-atiqalar qumliklar va tuproqlar ostidan hayotga qaytarildi. 
Ushbu asrda ko‘plab arxeologlar turli vohalar qatori Jizzax vohasida ham 
ekspedetsiyalar tashkil etib, qazuv tadqiqot ishlarini tashkil etdilar. Arxeologlar 
amalga oshirgan amaliy tadqiqotlar asosida vohaning tog‘-konchilik sohasiga oid 
ko‘plab materiallar aniqlandi. Mazkur ashyolar natijasida qadimgi davrdan 
boshlab, ilk o‘rta asrlar hamda rivojlangan o‘rta asrlarda yozilgan ko‘plab 
manbalarni asoslash va lokatsiyasini aniqlash, ushbu hududdagi manbalarda 
berilmagan yangi ma’lumotlar va xulosalar yaratildi lekin olimlar turlicha fikrlarni 
olg‘a surishmoqda. Jumladan, Ustrushonaning metallurgiya markazlari bo‘lgan 
Marsmanda va Mink hududlarining joylashuvi haqida baxsli jarayonlar haqida 
ustrushonashunos N.N.Negmatov, L.M.Sverchkov, E.V.Rtveladze, O.I.Smirnova, 
M.E.Masson, P.P.Ivanov, V.V. Bartold kabi olimlar o‘z tadqiqotlari asosida ilmiy 
yondashuvlarini bayon etishgan. Ushbu fikrlar xilma-xilligiga sabab o‘rta asr 
geograflari Ustrushonaning Mink rustoqi va uning yaqinida joylashgan Marsmanda 
shaharchasining geografik o‘rni va alohida xususiyatlari haqida еtarli ma’lumot 
qoldirishmagan. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining o‘rta asrlar davri bo‘yicha yirik 


72 
mutaxassis, sharqshunos V.Bartoldning fikricha, Mink va Marsmanda o‘rnini 
Zarafshonning yuqori oqimidan qidirmoq lozim [5. 169]. Arxeolog L. Sverchkov 
Morguzar tog‘ tizimining sharqiy ungirlaridan fanga Miq qal’asi nomi bilan kirgan 
baland tog‘ mavzeidagi qishloq makonini topadi va u еrda bir necha mavsum 
qazuv ishlari olib boradi. Uning fikricha, afsonaviy Marsmand mohir metallsozlar 
makoni aynan Miq qal’asi o‘rnida bo‘lgan [6. 52]. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Qadimgi davrdan to hozirgi kunga 
qadar bo‘lgan davrda Jizzax vohasida tog‘-konchilik sohasi muttasil taraqqiy etib 
keldi. Ushbu vohaga oid qadimgi, ilk va o‘rta asrlar tog‘-konchilik sohasi tarixi 
haqidagi tarixiy yozma manbalar va shu bilan bir qatorda arxeologik qazuv ishlari 
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mintaqaning iqtisodiy sohasiga oid yozma 
xujjatlar va arxeologik qazuv natijasida topilgan ma’lumotlar soha vakillarining 
turli bahs-munozaralariga sabab bo‘lmoqda.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling