Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menjment ”
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA DIREKTORNING AHAMYATI
Download 292.5 Kb.
|
Mahammadkulova Madina
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA DIREKTORNING AHAMYATI
2.1 MTTni boshqarishda direktorning notiqlik mahorati Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyatiadabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz rahbarlardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir rahbarning va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Rahbar pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Rahbarning nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. Rahbarning nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat rahbarning shijoatiga bog'liq, Shu qobiliyat tufayli rahbarning nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi rahbarning nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak: 1. Nutq madaniyati rahbarning ma'naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e'tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 2. Nutq madaniyati rahbarlarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi. 3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash. 4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, rahbarlarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun rahbar adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim, 6. Nutq madaniyatini egallashningyana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh rahbarlar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin. Rahbarning pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida tarbiyachi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak rahbar, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak. Siyosiy-huquqiy va ma'naviy-marifiy jihatdan: - Siyosiy va huquqiy yetuklik; - Bilimdonlik; - Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik; - Topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; - Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga bo'ysundirishga qodirlik; - Kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo'lish; - Tashabbus va ilg'orlikni qo'llab-quvvatlash qobiliyati; - Tamoyillik; - Tanqidga chidamli bo'lish, o'z-o'ziga tanqid qila bilish; - Intizom va mehnatga bo'lgan munosabati; - Mehnatsevarlik; - Jamoa o'rtasida intizomni yo'lga qo'ya bilish; - Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish; - Ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi. Bilim darajasi Iqtisodiyotni bilishi; Texnika va texnologiyani bilishi; Boshqarish ilmini, funksiyalari va tuzilishini bilish; Istiqbolni bilimga qodirligi va hokazo. Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo'lishi, uni doimo to'ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro' qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo'la olmaydi. Tashkilotchilik qobiliyati Xodimlarni tanlay bilish va ular dan samarali foydalanishni ta'minlay olishligi; Qo'l ostidagilarni mehnatga o'rgatish va tarbiyalashni bilish; Jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; Maqsad sari intiluvchanlik; Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo'qotmaslik. Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish. Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; Ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyishlar yoza bilish; Turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; Rahbarlarni va qo'l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati; Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati; Boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish; Boshqarish tuzilishini takomillashtirib berish qobiliyati va hokazo. Rahbarning madaniy saviyasi ko'rsatkichlari: - so'z bilan ishning birligi; - o'z kasbiy mahoratini, iqtidoriy-ma’naviy komilligini o'stirish ustida qayg'urish; - oqilona turmush tarzi, jismoniy sog'lomligini saqlash; - o'z-o'zini tanqid asosida o'z kamchiliklarini bo'yniga olmoq; - o'zini intizomga bo'ysundirish; - o'z malakasini oshirishga bo'lgan intilish va uning uddasidan chiqa olish; - harakatning maqsadga qaratilganligi va qat'iyligi; - o'ziga va mehnat faoliyatiga bo'lgan talabchanlik; - axloqning quyidagi alifbolariga qat'iy rioya qilish: Rahbarning axloqiy xislatlari - kamtarinlik - haqgo'ylik - halollik - o'zini tuta bilishlik - oddiylik - to'g'rilik, vijdonlik - insoflilik - mehr-oqibat - saxovat Rahbarning jamoaga nisbatan madaniyatliligi: - kishilarga e'tibor va hurmat; - kishilarga xayrixoh va iltifotli bo'lish; - olijanoblik va beg'arazlik, - xolislik; - insoning qadr-qimmatiga yetish kabilar. Fuqarolik va kasbiy burchini bajarish. - Odamlarga ishonch, kishilarning o'z kuchiga, qobiliyatiga bo'lgan ishonchini qo'llab-quvvatlay olish, uni shaxsiy kamchiliklarini bartaraf qilishga yo'naltirishni bilish; - Yuqori nutq madaniyatigi ega bo'lish va tashqi ko'rinishdagi ozodaligi; - Salbiy fazilatlargi ega bo'lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan, adabsiz kishilarga, shu jumladan, qavm-qarindosh va yaqin-tanish, bilishlarga nisbatan toqati yo'q. O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga rioya qilish: - xushmuomala; - sipolik; - kamsuqumlik; - andishali; - vazminlik. Mehnat va do'stlikdagi sherikchilikda: - o'zaro yordam va quvvatlash; - hozirjavoblik va majburiylik, so'zsiz bajarishlik; - tamoyillik ishonch; - talabchanlik. Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi: - Yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalminallik; - Jamiyat baxt-saodati yo'lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko'paytirish haqida g'amxo'rlik qilish; - Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga qat'iy rioya qilish; - Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shafqatsiz bo'lish; - Huquqiy, moddiy va ma'naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish; - Ko'p fikrlilikka ochiqko'ngillik bo'lish va uni hurmat qilish. Har qanday holatda ham qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan qat'iy nazar o'zining asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni mazkur talablar negizida ish olib borishni unutmasligi kerak. Download 292.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling