Son va hisoblashlar
100 ichida sonlarni xonadan o`tmasdan qo`hish va ayirish (takrorlash).
18 ichida bir xonali sonlarni o`nlik orqali o`tib qoshish va ayirish.
100 ichida sonlarni xona birliklari orqali o`tib og`zaki va yozma qo`shish hamda
ayirish usullari.
Qo`shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi
o`zaro bog`lanish (noma`lum tarkibiy qism) ni topish.
Yig`indi va qoldiqni topishga oid, sonni
bir necha birlik orttirish
(kamaytirish)ga, ayirmali taqqoslashga oid, noma`lum qo’shiluvchini,
noma`lum ayriluvchini, noma`lum kamayuvchini
topishga oid sodda
masalalarni yechish.
Sonni yig`indiga qo`shish va yig`indini songa qo`shishga oid, sonni
orttirish (kamaytirish)ga, yig`indi va qoldiqni topishga oid,
ayirmani va
yig`indini (arifmetik amallar va ifoda tuzish bilan) topishga oid tarkibli
masalalarni yechish
Vaqtni (bir soat ichida) topishga (hisoblashga)
oid sodda masalalar
yechish.
0, 1, 10 sonlari ishtirokida ko`paytirish va bo`lish.
Jadval ichida ko`paytirish va bo`lish.
Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish; sonlarni
bo`lish yordamida taqqoslash.
Sanoq sonlarni ayirmali
va karrali taqqoslashga doir, sonlarni bir necha
birlik bir necha marta orttirish (kamaytirish)ga oid; baho, miqdor va
qancha
turishini topishga doir, bitta narsaning massasini, narsalar sonini
hamda narsaning massasini topishga
doir sodda masalalarni, birlikka
keltirishga oid tarkibli masalalar echish.
Amallardan biri ko`paytirish yoki bo`lish amali bo`lgan ikki amalli
tarkibli masalalarni echish.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash
- O`zlari ega bo`lgan hayotiy tajribalarini sestemalashtirish
va geometrik
shakllar atrof muhitdagi buyumlarning obrazi ekanini tushunib yetish;
- turli-tuman geometrik shakllar (burchak, to`g`ri to`rtburchak, aylana,
doira) bilan tanishish, mos atamalarni bilish va qo`llay olish,
bu shakllarni
aniqlay olish, ularning ba`zi xossalari bilan tanishish;
- har xil ko`pburchaklarning perimetrlarini topishni o`rganish;
- yuz o`lchov birligi – kv. sm (kvadrat santimetr) bilan tanishish,
ko`pburchakning yuzini topishga o`rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: