Metodlari. Induksiya va analogiya


Kundalik hayoti va amaliy faoliyatida egallagan bilim va malakalarini


Download 260.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana15.09.2023
Hajmi260.8 Kb.
#1678852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFDA MATEMATIKA O\'QITISH METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI1

Kundalik hayoti va amaliy faoliyatida egallagan bilim va malakalarini 
quyidagi hollarda qo`llay olishni. 
Bilishi kerak: 
- atrof muhitda mo`ljal ola bilish (marshrutni rejalashtirish, harakat yo`lini 
tanlay olish va h.k.)ni; 
- taqqoslash va turli alomatlari: uzunligi, yuzi, massasi sig’imiga ko`ra 
tartibga sola olishni; 
- soatga qarab vaqtni aniqlash (soat va minutlarda)ni; 
- maishiy-hayotiy vaziyatlar (savdo-sotiq, o`lchash, tortish va h.k.) bilan 
bog`liq hisoblashga doir masalalarni yechish; 
- o`lchamlarni ko`zda “chamalab’’ baholash; 
- mustaqil konstruktorlik faoliyati (turli-tuman geometrik shakllarni qo`llanish 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda). 
 3. Masalalarning o`quvchilar bilim olishidagi ahamiyati. 
 
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini har tomonlama rivojlantirish pedagogik 
jarayonning asosiy tarkibiy qismidir. O`quvchilarga ularning qobiliyatlarini 
namoyon qilishga imkon berish, mustaqilligini va ijodiy potinsialini rivojlantirish 
boshlang`ich maktabning asosiy vazifasidir. Bu masalalarni muvofaqiyatli hal 
qilish uchun ko`p tomondan o`quvchilarda bilim olishga bo`lgan qiziqishning 
shakllantirilganligiga bog`liq. 
O`quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini rivojlantirishda tafakkur asosiy 
rol o`ynaydi. 
Tafakkur bilan bir vaqtda va uning bilan bog`liq ravishda barcha bilim olish 
jarayonlari rivojlanadi. Tafakkurning rivojlanishi bilan birgalikda “fikran, sodda 


ishlarni rejalashtirish”, o`zining harakatlarini baholash xususiyatlari rivojlana 
boradi.
Matematika tafakkurni rivojlantirish uchun asosiy zamin bo`lib xizmat qiladi. 
Tafakkurni rivojlantirishning konkret usullari mavjud emas. Biz o`quvchilar 
tafakkurini umuman o`stiramiz, matematika o`rgatish va h.k lar orqali. 
Dastlabki matematik bilimlarni o`quvchilar o`zlarining oldingi bilimlariga 
mos ravishda bir-biri bilan bog`liq holda o`zlashtiradilar. Bunda ular tafakkurning 
ular bilimlarga mos darajasidagi amallari: analiz, sentiz, taqqoslash, 
abstraktlashtirish, konkretlashtirish, induksiya va deduksiyadan foydalanishadi, 
mulohazalar yuritishadi. Matematik bilimlarni o`zlashtirish o`quvchilarning 
fikrlashini rivojlantiradi. Tafakkur amallarini bilib olish esa o`z navbatida yangi 
bilimlarni o`zlashtirishni yengillashtiradi. 
Real dunyo predmetlari va hodisalarni o`rganish uchun biz ularni xayolan 
(fikran) kichik qismlarga ajratamiz, ya’ni analiz qilamiz; qismlar yoki predmetlar 
va hodisalar orasidagi bog`lanishni o`rganamiz, ya’ni sentiz qilamiz. Tafakkurning 
bu amallari o`zaro bog`liqdir. 
Analiz va sintez amallari arifmetikani o`rganishda ham, mashqlar bajarilganda 
ham, masalalar yechilganda ham ishlatiladi. Birinchi sinfdayoq o`quvchi to`plam 
elementlarini real ko`rinishda qismlarga ajratadi, o`rganadi va ularni birlashtiradi. 
Keyinchalik esa u xayolda, fikran analiz va sintez amallarini bajara boshlaydi. 
Matematikaning har qanday bo’limini o`rgatishda ham analiz va sintez 
amallaridan keng foydalanilаdi. Bu amallar matnli masalalarni yechishda ham 
ishlatiladi.
O`qituvchi rahbarligida o`quvchi masalaning mazmunini analiz qiladi, uni 
sonli ma’lumotlarga ajratadi, berilgan qism va topilishi kerak bo`lgan 
noma’lumlarni aniqlaydi. 
Murakkabroq arifmetik masalalarni yechishda murakkab hamda nozik analiz 
va sintez usullari ishlatiladi. 
Boshlang`ich 
matematikani 
o`rgatishda 
taqqoslash 
usulidan 
ham 
foydalaniladi. Bunda berilgan arifmetik masalalardagi ob’ektlar va ularning 


qismlari o`zaro taqqoslanadi, o`xshash va o`xshash bo`lmagan xususiyatlar 
aniqlanadi. 
Taqqoslash amali (usuli) orqali o’quvchilar “...ga ko`p(ortiq)’’ “...ga 
kam(oz)’’ “marta ko`p’’ “marta oz’’ kabi iboralarning ma’nosini bilib oladilar. 
Taqqoslash analiz va sintezga asoslanadi: masalani dastlab bo’laklarga ajratib, 
so`ngra o`xshashlari biriktiriladi va bunda ahamiyatli farqlar e’tiborga olinadi. 
Ko`p xonali sonlar qatnashgan masalalarni yechishni o`rgatish uchun 
o`qituvchi kichik sonli o`xshash masalani yechishni taklif etishi mumkin, ya’ni 
analogiya usulini qo`llashi mumkin. 
Turli usullarni qo`llash orqali o`quvchilar tafakkuri rivojlantiriladi. 

Download 260.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling