Metrologiya bo‘limiga oid: xalqaro birliklar tizimi


Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning qonun tarixi


Download 85.5 Kb.
bet5/5
Sana08.06.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1464364
1   2   3   4   5
7. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning qonun tarixi
O‘zim iste’molchilar jamoat birlashmasida ishlashim sababli, menga Qonunning 4 va 30-moddalari qadrdondek, chunki bu moddalarda iste’molchilar o‘z huquq va manfaatlarini himoyasini ta’minlash maqsadida iste’molchilar jamoat birlashmalariga birlashishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Lekin Qonun qabul qilinib, oradan salkam 25 yil vaqt o‘tgan bo‘lsada, unda ana shu iste’molchilar jamoat birlashmalarining huquqlarini belgilab beruvchi normalar o‘z aksini topmay kelmoqda. Menimcha, bugungi kun talablari, yurtimizda jamoatchilik nazoratini yanada rivojlantirish borasidagi vazifalar mazkur qo‘shimchalarni ham tezkorlikda kiritilishiini talab qilmoqda.
Faxriddin Boynazarov – O‘IHHQJ Federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi huquqiy himoya sektori boshlig‘i:
– Tizimda fuqaro (iste’molchi)larning murojaatlari bilan ishlashim bois, amaliyotda hamkasblarim faoliyatiga biroz qiyinchilik tug‘dirayotgan ayrim holatlarni aytib o‘tsam.
Qonunning 14 (nuqsonli tovarni almashtirish), 15 (bepul ta’mirlash), 19 (ish bajarish, xizmat ko‘rsatishda shartnoma shartlari buzilishi)-moddalarida sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)lar tomonidan belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki vaqtida bajarmaslik bilan bog‘liq holatlar o‘zini aksini topgan. Bunda iste’molchi talabni qo‘ygan kundan e’tiboran o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun neustoyka (penya) hisoblab borilishi belgilab qo‘yilgan. Lekin iste’molchilarimiz mazkur imkoniyatdan foydalana olishlari uchun neustoyka (penya)ni hisoblab boriladigan sanani (nuqtani) belgilab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa iste’molchi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi)ga yozma ravishda murojaat qilishi talab etiladi. Yurtimiz aholisida esa yozma (bu yerda ariza, shikoyat bilan emas, balki qonuniy huquqlarini talab qiluvchi e’tiroz xati bilan) murojaat qilish odati shakllanmagan. Iste’molchining sotuvchi huzuriga kelib, og‘zaki ravishda e’tirozini bildirib ketganligini esa sotuvchi biror joyga qayd qilib qo‘ymaydi. Demak, og‘zaki murojaat kunini neustoyka (penya) hisoblash nuqtasi sifatida belgilab olish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Qonunning 18-moddasiga binoan, iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Lekin qonunning amaldagi tahririda iste’molchiga pul qaytariladi, degan norma bo‘lsada, pulni qachon qaytariladi, darholmi yoki sotuvchi hohlagan paytdami, yoki sotuvchi qachon tovarni sotgandami, degan holatga aniqlik kiritilmagan. Qonunning esa tili ravon, aniq, tushunarli va pichog‘i keskir bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shu sababli, ushbu holatni amaldagi Fuqarolik kodeksi talablaridan kelib chiqib, sotuvchi pulni darhol qaytarib berish choralarini ko‘rishi lozimligi, agar majburiyatni darhol bajarish vazifasi shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, bunday majburiyatni iste’molchi talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shartligi bo‘yicha norma bilan boyitilsa, bu boradagi tushunmovchiliklarni oldi olingan bo‘lar edi.
Bugun yurtimizda jamiyat hayotining barcha sohalarida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Kecha biz uchun amalga oshib, yechim topishi qiyinday ko‘ringan ko‘plab muammolar sohaning asosiy qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bilan o‘z yechimini topib ketmoqda. Qonun normasi yaxshi yoki talab darajasida ishlamasa yoxud yillar o‘tishi bilan ma’naviy eskirgan bo‘lsa, uni zamon ruhi bilan boyitish, bugungi kun talabiga moslash esa qiyin ish emas.
Men shu o‘rinda, mutaxassislarga bildirilgan qimmatli fikrlari uchun o‘z minnatdorchiligimni izxor qilgan holda, bu borada olib borilayotgan mustaqil tadqiqotlarim hali davom etishini eslatib o‘tmoqchiman.
Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling