O'lchashlarni bajarish metodikasi – O'lchashlar natijalariga avvaldan ma'lum bo'lgan xatolik bilan erishishni ta'minlaydigan ishlar va qoidalar majmui.
Tekshirish- bu belgilangan talablarni to’laqonli ta’minlash uchun obyektiv dalillar yordamida ko’rikdan o’tkazishni ta’minash.
Yagona o‘lchov birililigi – o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati.
Metrologik xizmati – davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati.
O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish - o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui.
O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish – yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi.
metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish – o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi.
O‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish – o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish.
O‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti – operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |